So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  0 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   8 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

Fotomaqola: "Obod" birinchi liga chempioni! Yangiliklar

Fotomaqola: "Obod" birinchi liga chempioni!

Teglar :  Birinchi ligaObod
"Obod" - "Kosonsoy" (3:0) uchrashuvidan so'ng poytaxtliklar oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

"Oqtepa"ning so'nggi turlarda ochko yo'qotishidan unumli foydalangan jamoa oxirgi turga kelibgina birinchi liga chempionligini qo'lga kiritdi. 




Kimdir, "Obod"ni 23 yoshli, 1992 yilda tavallud topgan Bobur Zuhriddinov oliy ligaga olib chiqdi desa ishonmasa kerak. Garchand, o'yin qaydnomasida uning nomi ko'rsatilmagan bo'lsada, jamoani mavsum davomida aynan u o'yinlarga tayyorladi va ko'rsatmalarni berib turdi. Agar biron - bir klubda tajribaliroq rahbar ishlasa, ikkilanmay uni 2 yilga horijga o'qishga yuborib, keyin o'z klubni qo'rqmay topshirsa bo'ladi. Haqiqatdan ham istedodli murabbiy.



Birinchi liga to'purari Alisher Azizovning jamoa muvaffaqiyatidagi o'rni katta bo'ldi. Keyingi yil undan oliy ligada ham sermahsullik kutib qolamiz. 


"Kosonsoy" darvozaboni bugun "Navbahor" libosida o'tkazdi. Buning uchun PFL uchrashuv nazoratchisi va to'rtinchi hakamini jazolashi lozim. Boisi reglamentda har bir jamoa o'z belgisiga ega futbolkalarda maydonga tushishi lozimligi haqida band bor. 


Bosh hakamning o'yin yakunlanganligini bildiruvchi hushtagi yangragach, "Obod" futbolchilar bayramni boshlab yubordilar.


23 yoshda osmonlarga parvoz qilish o'zgacha bo'lsa kerak. SHu o'rinda bitta fakt! Barchamizga tanish, Villash  Boash ham murabbiylik faoliyatini 2000 yilda boshlaganida endigina 23 yoshga to'lgan edi. 37 yoshli mutaxassis o'shanda KONKAKAF vakili bo'lgan Britan Virginiya orollari milliy terma jamoasini boshqargan edi.


Murabbiydan so'ng futbolchilar jamoa boshlig'iga shu tarzda o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.


Jamoa murabbiyidan tortib, aksar futbolchilar Sergey Lushanning shogirdlari hisoblanadilar.


Axbor doda Imomxo'jaev va Baxtiyor aka SHirinov g'oliblarni oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritganliklari munosabati bilan tabriklayaptilar.


Jamoa sardori, Doniyor Hasanov sharoit yaratib bergan rahbarlarga rahmat aytgan holda, keyingi yil oliy ligada munosib qatnashishga vada beryapti.


Esdalik uchun surat! Afsuski, bugun dam olish kuni bo'lganligi uchun PFLdan bironta vakil o'yinga kela olmadi. 


P.S: Tahririyat ruxsatisiz suratlardan foydalanish man etiladi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика