So’nggi yangiliklar

19:27Суперлига клуби Неъматовни сотиб олмоқчи  5 19:21"Бунёдкор" Қозоғистон клубини мағлуб этди  0 19:01"Манчестер Сити" — "Салфорд Сити". Таркиблар маълум  22 18:50Англия кубоги ўйини тўр тешилиши сабабли кеч бошланди  4 18:28Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  6 17:51"Гол Гохар" — "Персеполис". Таркиблар маълум  1 17:34Расман: Игор Тудор "Тоттенхэм" бош мураббийи этиб тайинланди  3 17:10Родри дисквалификация қилиниши мумкин  38 16:42Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм” Чехия клуби билан, “Бухоро” Россия клуби билан дуранг ўйнади, ОКМК эса Грузия жамоасидан устун келди  3 15:28"Динамо" назорат ўйинида Россиянинг 3 карра чемпионига йирик ҳисобда ютқазди  9 15:01"Астон Вилла" таркиб учун харажатлар лимитини бузгани учун яна УEФА томонидан жаримага тортилиши мумкин. Клуб ўтган йили 6 млн евро тўлаган  1 14:31АПЛ форварди Англиянинг 8 та клубида қизиқиш уйғотди  7 14:00"Манчестер Сити" "Рома" ўйинчиси учун 50 млн евро беришга тайёр  1 12:38"Манчестер Юнайтед" Мактоминейни қайтариш устида ишламоқда  9 12:15Суперлига. 1-тур ўйинларининг бошланиш вақти маълум  13

FOTOMAQOLA. Messi va "Jek CHittak" "Lokomotiv"da Yangiliklar

FOTOMAQOLA. Messi va "Jek CHittak" "Lokomotiv"da

Kecha O'zbekiston kubogi 1/8 final dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Kechagi uchrashuvlardan birida "Lokomotiv" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi va 5:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

"Lokomotiv" to'purari Marat Bikmaevning oila azolari uy o'yinlarida doimiy tavishda uni stadiondan qo'llab-quvvatlashadi. Yuqoridagi suratda Bikmaevning o'g'li va qizi.

Bir kun oldin "Paxtakor" stadionida "sherlar"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, tarixiy natija qayd etgan "Nasaf" murabbiylari va futbolchilari ham kechagi bahsni stadionda kuzatib borishdi.

Va albatta, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan ham kecha "Lokomotiv" stadionida edi.

Marat Bikmaev maydonga chiqib kelishda Sardor Mirzaev va Jasur Hasanovlarga bugungi o'yinni jahon futboli "yulduzi" kuzatishini aytgan payt )

- Gooolll! Qani o'yinni kuzatayotgan anavi "yulduz", meni golimni ko'rdimi?

"Suyunchi" filmidagi Tursunboy raqiblarni ishtonidan tortsa, SHukurali Po'latov futbolkasidan tortarkan )

Loko futbolchilari Azizbek Usmonovdan juda ko'p bor o'tib ketishdi.

- Marat aka, men bosh bilan gol urdim, bunaqasi kam bo'ladi. Qani anovi "yulduz"? Meni golim siznikidan chiroyliroq chiqdi. )

Jaloldino sanat asari yaratishidan bir lahza oldin.

- Mara, Diyor, kim chiroyli gol urishi borasida bahs ketayotganmidi? To'g'ri, sizlar chiroyli gollar kiritdingiz. Meniki chiroyli emas, shedevr. ;)

Mana o'sha "yulduz". Messi kechagi uchrashuvni bevosita "Lokomotiv" stadionidan kuzatib bordi.

Bellashuvni kuzatib borayotgan "yulduz" kim ekanligini ko'rgan Masharipov.

Bu esa "Jek CHittak".


Kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (5:0) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTO


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика