Fotomaqola: "CA"ning tarix zarvaraqlarida Ravshan Ermatov!
26 iyu 2014 10:00
Yangiliklar
Fotomaqola: "CA"ning tarix zarvaraqlarida Ravshan Ermatov!
Avvaliga futbol o'ynab, keyinchalik jarohat tufayli hakamlik sohasiga o'tib ketgan Ravshan Ermatov bugungi kun o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan kishilar orasida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.
Ravshan Ermatov cho'qqiga qanday chiqdi?
Mana, kecha Olimpiya shon-shuhrati muzeyida FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abdulhamid Rasulovni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda shaxsan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SHavkat Mirziyoev ishtirok etib, Ermatov shaniga ajoyib nutq so'zladi. Yig'ilishda muhtaram yurtboshimiz tomonidan Ravshan Ermatovga “El-yurt hurmati” ordeni hamda qimmatbaho “Malibu” avtomashinasi berilgani elon qilindi.
Aytib o'tganimizdek, Ravshan Ermatov dastlab futbolchi bo'lishni niyat qilgan, biroq og'ir jarohat tufayli futbolni erta yakunlashga majbur bo'lgan. U kishining otasi Sayfiddin Ermatov o'z vaqtida taniqli hakam emasmi, Ravshan ham ota izidan borib oradan ko'p o'tmay hakamlikni tanlaydi. Ehtimol Sayfiddin aka boshqa sohada ishlaganlarida biz bugun maakqtayotgan Ravshan Ermatov ham futboldan ketgach, faoliyatini umuman boshqa ishda davom ettirayotgan bo'larmidi.
Kasbimiz yuzasidan Ravshan Ermatov bilan ko'p bor muloqotda bo'lganman. Maydonda deysizmi, O'FF binosi oldidami yoxud ko'cha-ko'ydami, qaerda uchrashmaylik, Ermatov bilan doim samimiy gaplashganmiz. Unga berilgan savollarim orasida hali hech biri javobsiz qolib ketmagan. Men o'zbek futboliga kirib kelgan paytlarim Ermatov allaqachon hakamlikni boshlab yuborgandi. Hatto OFK miqyosidagi uchrashuvlarga ham taklif qilinib turardi.
O'shanda oliy toifali hakam bo'lgan Ermatov endilikda FIFA referisi, bo'lib ham jahon chempionatlarida to'qqizta o'yin boshqarib o'ziga xors rekord o'rnatgan inson. Ravshan Ermatov JCH-2010da beshta, JCH-2014da esa to'rtta o'yinni boshqardi. SHunga qaramay, u kekkayib, manmansirab ketgani yo'q. Har doimgidek oddiyligini saqlab qola oldi. Bu esa insondagi eng muhim fazilatlardan biri hisoblanadi.
Ko'pchilikda Ravshan Ermatov qanday qilib bu darajaga chiqdi degan savol yuzaga kelishi turgan gap. O'zingiz o'ylab ko'ring, bizda futbol hali u darajada rivojlangani yo'q. Xorij klublarda to'p tepayotgan legionerlarimiz soni bilan ham maqtana olmaymiz, chetda ishlayotgan murabbiylarimiz yo'q hisobi. Ammo Ermatov o'zimizning oliy va birinchi ligada ishlab avvaliga OFK, keyin FIFA nazariga tushdi. O'z ishini mudom sidqidildan bajargani uchun oxirgi o'n yillikdagi faoliyati yuqori notada kechdi.
Esimda, bir gal Ravshan akaning o'zidan so'ragandim: “Sizga jahon chempionatiga borish nasib qildi, qachon terma jamoamiz ham chiqar ekan?” deb. SHunda Ermatov buning uchun hamma o'ziga biriktirilgan ishni sidqidildan bajarsa bungayam albatta erishamiz degandi. Xo'sh, Ermatov bu bilan nima demoqchi bo'lgan? O'zining sohasi bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, Ermatov o'ziga topshirilgan har bir o'yinni yaxshi saviyada boshqarishga harakat qiladi. Muhimi, u o'yin ajratmaydi: xoh oliy liga, xoh chempionlar ligasi, xoh terma jamoalar o'rtasidagi nufuzli turnir bo'lsin, Ravshan aka har bir bellashuvga bir xilda tayyorgarlik ko'radi. Bu chempionat saviyasi past, bunisi baland deb ajratib o'tirmaydi.
Yashirib nima qildik, bazi futbolchilarda mana shunday ajratishlar bor. Buning oqibatida ko'p bora pand eb qo'ygan jihatlarimiz bo'lgan. Ravshan Ermatov o'z intervyularidan birida aytgandi: hammamiz o'zbek futboli rivoji uchun ishlayapmiz, shunday ekan, murabbiy o'z ishini, futbolchi o'z ishini va hakamlar o'z ishini qilishi lozim, shundagina maqsadga erishamiz.
Ravshan Ermatov to'rt yil oldin JARda o'tkazilgan jahon chempionatida qatnashib kelgach ham o'zini yo'qotib qo'ymadi. O'z mahoratini oshirishda davom etdi. Men jahon chempionatiga borib beshta o'yinda hakamlik qildim, shundan boshqa nima g'amim bor deb bekor o'tirgani yo'q. U yana va yana ishlashda davom etdi, har kungi mashg'ulotlarni kanda qilmadi. Hamkasb do'stlari bilan jiddiy ishlashda davom etdi. Buning natijasi o'laroq oradan to'rt yil o'tib yana jahon chempionatiga borish nasib qildi.
Ermatov uchun ko'zlangan maqsadga erishining yo'li bitta - faqat MEHNAT! U shundan boshqasini bilmaydi. Va o'z niyatiga erishish uchun har qancha og'ir bo'lmasin tinmay mehnat qiladi. Mashaqqatdan qochgan emas. Ermatov – rejimga amal qiladigan sportchi, u umuman ichmaydi, chekmaydi ham. Yon-atrofidagi kishilarning barchasini hurmat qiladi. Matbuotdan sira o'zini olib qomaydi. Otasi Sayfiddin Ermatov, shuningdek taniqli hakamlardan Anatoliy Kovalenko, Noil Lutfulin, Bobur Haydarovlarni o'ziga ustoz deb biladi. Bu kishilarsiz men shu darajaga chiqmasdim deya bot-bot takrorlaydi.
Ravshan Ermatov, Abdulhamid Rasulov, Rafael Ilyasov, Valentin Kovalenko - bular hozirgi o'zbek hakamlarining yuzi. Boshqalar ham shulardan o'rnak olishlari kerak deb o'ylaymiz. Hamkasblari Ermatovga hasad qilib emas, havas qilib ishlashlari, yashashlari darkor. O'z navbatida bu gap murabbiylar-u, futbolchilarga ham taalluqli. SHundagina o'zbek futboli faqat hakamlik sohasi bo'yicha emas, balki terma jamoalar, klublar miqyosida ham dunyo etiboriga tushadi. Biz mana shunday kunlar kelishini kutib qolamiz.
Ravshan Ermatovning oliy ligadagi statistikasi
Bugungi kunga qadar Ravshan Ermatov milliy chempionatimizda 223ta uchrashuvda bosh hakam bo'lib ishlagan.
2001 yil 2 oktyabr kuni Navoiyning “Zarafshon” jamoasi o'z maydonida Angrenning “Semurg'” jamoasini qabul qildi. Bu o'yin Ravshanning debyut bahsi bo'lib tarixda qoldi. O'sha o'yinda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ermatov bu bahsda 7 nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Nazoratchi SHamil Jumaev unga 8,5 ball qo'ydi. Xullas, uning birinchi qadami ijobiy tarzda boshlandi.
2008 yil 4 oktyabr sanasida Jizzaxdagi “Jizzax” stadionida “So'g'diyona” va “Andijon” bahsi qahramonimiz uchun milliy chempionatimizdagi yubiley 100-bahs bo'ldi. O'sha o'yinda “burgutlar” 3:2 hisobida zafar quchishgan, Ravshan Ermatov 9,6 ball olgandi.
2013 yilning 7-turda “Nasaf” – “Metallurg” bahsida bosh hakamlikni bajargan Ravshan Ermatov oliy ligada 200 o'yinni boshqargan uchinchi hakamga aylandi. Bungacha bu marrani Noil Lutfullin (260 o'yin) va Rashid Aytekov (214 o'yin) zabt etgandi.
Ermatov oliy ligada 66 marta darvozalarga penalti belgilagan bo'lsa, shundan 20tasi mezbonlar darvozasiga 48tasi mehmonlar darvozasiga tepilgan. Ermatov jami 223 o'yinda 608ta golni inobatga olgan. Gollarning 368tasi mezbonlar, 240tasi esa mehmonlar tomonidan amalga oshirilgan.
Ravshan Ermatov shu kungacha 223 o'yin davomida 900 futbolchini ogohlantirgan va 55 futbolchini maydondan chetlatgan.
223 o'yindan 37tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 126 o'yinda mezbonlar g'alaba qozongan, 60 o'yinda esa mehmonlarning qo'li baland kelgan. Ermatov 2001 yildan bugungacha oliy ligada ishtirok etgan uch jamoa “Akademiya”, “Kimyogar” va “Turon” ishtirokida o'yinlarni elitada boshqarmagan ekan. Hakam oliy ligada qatnashgan 26ta jamoa ishtirokidagi o'yinlarda ishlagan.
Ravshan Ermatovning oliy ligadagi yubiley o'yinlari
Statistikani tayyorlashda Baxtiyor SHirinovning arxividan foydalanildi.
2006 yil. Ermatov "Traktor" - "Navbahor" o'yinida Temur Ayzatulovga qizil kartochka ko'rsatyapti.
2006 yil 21 noyabr. Osiyo o'yinlaridan oldin Toshkentda Estoniyaga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan.
2007 yil. "Traktor" - "Nasaf" bahsi boshlanish arafasida. Ikki jamoa sardorlari, Ro'ziqul Berdiev va Temur Ayzatulov bilan.
2007 yil. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi rossiyalik tengqurlariga qarshi o'yin oldidanyu Bu o'yinda Ravshan Ermatov to'rtinchi hakam vazifasini o'tab bergan edi.
Osiyo Kubogi - 2011. Final hushtagi yangrayotgan lahzalar.
Finalni bexato boshqargani uchun OFKning o'sha paytdagi prezizidenti Muhammad bin Hammam unga minnatdorchilik bildiryapti.
Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev va Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladilar

1 |
02.10.2001 ZARAFSHON - SEMURG' - 3:1 |
50 |
27.08.2005 TRAKTOR - MASH'AL - 3:5 |
100 |
04.10.2008 SO'G'DIYONA - ANDIJON - 2:3 |
150 |
19.03.2011 SO'G'DIYONA - QIZILQUM - 0:2 |
200 |
04.05.2013 NASAF - METALLURG - 3:1 |
223 |
23.05.2014 ANDIJON – NASAF 0:1 |

Fikrlar