So’nggi yangiliklar

22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  5 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  0 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15

Bir o'yin tarixi. Masksim SHackixdan beshta gol, Ahmedov va Salomovning debyuti, O'zbekiston – Xitoy Taypeyi 9:0 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Masksim SHackixdan beshta gol, Ahmedov va Salomovning debyuti, O'zbekiston – Xitoy Taypeyi 9:0

O'zbekiston milliy terma jamoasining tarixda yirik hisobdagi g'alabalari odatda kuchsiz va darajasi biznikidan yuqori bo'lmagan raqiblar ustidan qo'lga kiritilgan. Mo'g'uliston, Kambodja, Singapur va hokazo.

Bugun yodga olmoqchi bo'lgan 2007 yilgi kuchsiz va saviyasi past hisoblangan Xitoy Taypeyi bilan o'yinda ham vakillarimiz raqibni umuman ayamagan va gollar yomg'irini yog'dirib tashlashgandi. Etiborlisi, mazkur bellashuvda termamiz hujumchisi Maksim SHackix beshta gol bilan o'ziga xos rekord o'rnagandi. Aniqrog'i, milliy jamoa libosida raqib darvozasini bitta o'yinda besh bor ishg'ol qilgan yagona futbolchi bo'lib tarixga kirgandi.

2007 yilgi mavsumning oxirlariga kelib milliy jamoamiz to'rtinchi bor Jahon chempionatining final bosqichiga chiqish huquqini beradigan yo'llanmalardan biriga ega bo'lish uchun o'z yurishini boshladi. SHu yili Osiyo kubogida chiroyli o'yin ko'rsatib barchaning etirofini qozongan futbolchilarimizdan bu safar umidlarimiz avvalgilariga qaraganda katta edi. Boisi, Rauf Inileev bu paytga kelib kurashuvchan, jiddiy raqiblar bilan bemalol kurasha oladigan jamoani shakllantirgandi. Ilgari bizning ustimizdan kuladigan, istagan hisobda yuta oladigan Saudiya Arabistoni ham, borinki Eron ham qita kubogidan so'ng hurmat bilan munosabat bildiradigan bo'ldi. Agarda hakamlar tomonidan termamizga nisbatan nohaq qarorlar kuzatilmaganida kim biladi deysiz biz o'shanda finalga qadar etib borgan bo'larmidik.



Mundial saralashida ishtirokimizni birinchi raunddan boshlaydigan bo'ldik. Keyingi bosqichga yo'l olish uchun esa yo'limizdan chiqqan raqib Xitoy Taypeyini yutishimiz talab etilardi. Albatta, raqibimizning reyntingi va saviyasi hamyurtlarimiznikidan ancha past edi. Bu esa bo'lajak uchrashuvlarda ham o'z aksini topdi. Tarkib Inileev o'zi istagandek ko'rinish oldi. SHu kuni Odil Ahmedov va SHavkat Salomov milliy terma jamoa safida debyut qilishgandi. To'p teparlarimiz 13 oktyabr kuni MHSK stadionida taypeyliklarni yutishda ortiqcha muammoga duch kelishmadi. Mahorat, tajriba, texnika va boshqa tomondan Biznikilar raqibdan ikki, uch bosh oldinda ekanliklarini barcha bilardi. Birinchi bo'limdayoq o'zbekistonlik futbolchilar Lu Kun CHi turgan darvozani naqd besh bor o'qqa tutishdi. Maksim SHackix uchta, Viktor Karpenko va Temur Kapadze bitta golga mualliflik qilishdi. Tanaffusdan so'ng ko'tarinki kayfiyatda chiqib kelgan termamiz shundoq ham o'lib bo'lgan Xitoy Taypeyini yana to'rtta gol bilan siylashadi. Maks yana ikkita gol urgan bo'lsa, SHavkat Salomov va Ulug'bek Baqoevlar ham maydonni golsiz tark etmaydilar. SHu kuni maydonga tushgan futbolchi Ilhom Suyunov ham o'z poziciyasida deyarli xatosiz harakat qiladi va aksariyat hujumlarni tashkil qilishda faol bo'ladi. 2014 yildan so'ng faoliyatini tugatishga qaror qilgan futbolchining o'yinlarini bugungi kunda sog'inib turadigan muxlislar hali hamon etarlicha topiladi. “Paxtakor”dan ketgach uning faoliyati bir tekis o'tmadi.



Poytaxtda kechgan birinchi uchrashuvda barchasini hal qilib bo'lgan termamiz javob uchrashuvida Taybeydan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytadilar. Yuqorida takidlaganimizdek bunday raqiblarni yutish biz uchun muammo bo'lmasligi kerak. Lekin, hozirgi kunga kelib barcha mamlakatlarda futbol rivojlanayotganini va takomillashib borayotganini inobatga ham olishimiz zarur.

JCH-2010 saralash bosqichi. 1-raund.
13.10.2007. Toshkent. MHSK stadioni. 10000 tomoshabin.
O'zbekiston – Xitoy Taypeyi – 9:0
Bosh hakam:
Ali Badvaviy (BAA).
Gollar: Maksim SHackix 4, 16, 34, 57, 76, Temur Kapadze 24, Viktor Karpenko 40, Ulug'bek Baqoev 54, SHavkat Salomov 68.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Asror Aliqulov, Ilhom Suyunov, Aleksey Nikolaev (Vitaliy Denisov, 46), Islom Inomov (Baxtiyor Ashurmatov, 73), Temur Kapadze, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Viktor Karpenko, Ulug'bek Baqoev (SHavkat Salomov, 63), Maksim SHackix.
Bosh murabbiy: Rauf Inileev.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

O'yindan suratlarni taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика