Football Italia: "Roma" Eldor SHomurodov borasida "Jenoa"ga taklif bilan chiqdi, ammo...
28 iyu 2021 15:16
Yangiliklar
Football Italia: "Roma" Eldor SHomurodov borasida "Jenoa"ga taklif bilan chiqdi, ammo...
Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" klubi o'z tarkibida o'zbekistonlik o'yinchini ko'rmoqchi.
Rimliklar O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi uchun 15 million evro taklif qildi, ammo genuyaliklar forvard uchun 20 million evro talab qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Jenoa" SHomurodovni o'tgan yozda "Rostov"dan 7,5 million evro evaziga xarid qilgan edi.
Futbolchi o'tgan mavsum A Seriyadagi debyut mavsumida 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.
"Jenoa" o'z navbatida SHomurodovning o'rnini to'ldirish uchun SHarqiy Evropaga etiborini qaratmoqchi, klub "Dinamo" (Kiev) futbolchisi Vladislav Supryagani nishonga olgan.
Fikrlar