FNL. Denisov asosiyda tushgan bahsda “Rotor” g'alaba qozondi
15 mar 2020 18:10
Yangiliklar
FNL. Denisov asosiyda tushgan bahsda “Rotor” g'alaba qozondi
Rossiya Milliy futbol ligasi (FNL)ning 27-turi doirasida “SHinnik” uyda “Rotor”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bahsdagi yagona golni esa 56-daqiqada Kamil Mullin urdi. Mehmonlar safidagi o'zbekistonlik himoyachisi Vitaliy Denisov esa uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
Bugungi g'alabadan keyin rotorliklar turnir jadvalida 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
SHinnik – Rotor 0:1 (0:0, 0:1)
«Arena Ximki»
Gol: 0:1 – 56 Mullin.
Fikrlar