Florentino Peresga nemis mutaxassisi bilan shartnoma tuzishni maslahat berishdi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2019, 12:04
Katta ehtimol bilan Santyago Solari joriy mavsum oxirida "Real"ni tark etadi.

Ispan klubi rahbariyati bir necha mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda. "Real" prezidenti Florentino Peres esa jamoaga Joze Mourinyu qaytishini istayapti, ammo Madrid klubining boshqa rahbarlari bunga qarshi. Peresga Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov nomzodini ko'rib chiqish taklif etildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Peres Mourinyu jamoada tartib o'rnatishini xohlayapti. "Real" bosh direktori Anxel Sanches Serxio Ramos va portugaliyalik mutaxassis o'rtasidagi munosabatlar buzilganini hisobga olib, ushbu g'oyaga qarshi chiqmoqda.

Shu sabab tufayli Peresga Lyovni taklif qilishdi. Klub prezidenti Mourinyuni istayapti. "Real" bosh murabbiyi bo'lish uchun ikkinchi nomzod Zinedin Zidan, ammo fransiyalik faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS