Flik: “Yoshligimdan “Bavariya”ga muxlislik qilaman va bu yerda ikki ajoyib mavsumni o'tkazdim”

9 may 2021, 08:50
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliga 32-turida “Borussiya” M (6:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoa erishayotgan natijalar hayratlanarli. O'tgan yili muvaffaqiyatli mavsumdan keyin biz deyarli hordiq chiqarmadik, deyarli har uch kunda maydonga tushganimizga qaramay bu mavsumni ham yaxshi o'tkaza oldik. Milliy birinchilikda g'olib chiqishni uddasidan chiqdik – bu eng halol sovrin.

“Borussiya”ga qarshi bahsga tayyor edik. Jamoaning haqiqiy xarakteri shunday. Futbolchilar haqiqiy to'p ustalari ekanligini namoyish etishdi. Jamoam olqishga loyiq.

Jamoada hammasi  g'oliblik uchun tashkil etilgan. Men doim “Bavariya”ga muxlis bo'lib kelganman. Bolaligimdan Gerd Myuller, Paul Braytner, Karl-Xaync Rummenigge mening kumirim edi.

Bu yerda ikkita ajoyib mavsumni o'tkazdim. Bu yillar men uchun qadrli va bir umrga esda qolarli bo'ldi”, dedi Flik.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" расмий сайти