Flik: “O'yin top darajada kechmadi, ammo men mamnunman”
31 jan 2021 09:55
Yangiliklar


Flik: “O'yin top darajada kechmadi, ammo men mamnunman”
“Har ikkala jamoa futbol o'ynashni istagani ko'rinib turdi. “Xoffenxaym” ayniqsa, birinchi bo'limda bir qator golli vaziyatlarni yarata oldi. Manuel Noyer bir nechta “seyv”larni namoyish etishga majbur bo'ldi.
4:1 - juda yaxshi natija. Biz qatorasiga to'rtta o'yinda g'olib chiqdik va 12 ochko jamg'ardik. Aynan g'alabali o'yinlar uchun harakat qilayapmiz.
Yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Hammasi top darajada bo'lmagan bo'lsada, men o'yinimizdan mamnunman. Ikkita mag'lubiyatan keyin yana g'alabali odimlashni istagandik. Buyuk jamoalarni aynan shu xislat boshqalardan ajratib turadi.
Jamoam o'yini shuni ko'rsatdiki, ular yagona maqsad sari tezda jipslashib, uni amalga oshira olishadi. Bu futbolchilarning o'ziga ham ishonch baxsh etadi”, dedi Flik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar