Flik Levandovskiga qay tariqa ishtiyoq berganini aytdi
31 may 2020 13:26
Yangiliklar


Flik Levandovskiga qay tariqa ishtiyoq berganini aytdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskiga qay tariqa motivaciya berganini aytdi.
"Bavariya" Dyusseldorf jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda Robert o'z hisobiga dublni qayd etib qo'ydi.
"Matbuot anjumanida Levandovski "Fortuna"ga hali gol urmaganini eshitib ajablandim. Bu holatni tezda to'g'rilab qo'yish kerakligini unga aytdim. Albatta, Robert buni uddalay olishini bilardim", - dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, Levandovski ushbu mavsumda Bundesligadagi barcha jamoalarga gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar