Flik Kosta-Rikaga qarshi bahsda "insoniy o'zgarish" amalga oshirdi
04 dek 2022 23:56
Yangiliklar
Flik Kosta-Rikaga qarshi bahsda "insoniy o'zgarish" amalga oshirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Hans Flik Kosta-Rikaga qarshi bahs taqdiri hal bo'lib turgan vaqtda Mattias Ginterni maydonga tushirdi.
Eslatib o'tamiz, Ginter so'nggi uchta jahon chempionatida (2014, 2018, 2022) terma jamoaga jalb etilgan va biror marta maydonga tushirilmagandi.
SHu bois, garchand 90+3 daqiqa bo'lsa-da, Flik futbolchiga imkoniyat berishga qaror qildi.
Biroq nemislar keyingi bosqichga chiqa olmadi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar