Flik: "Keyingi o'yinda har qanday holatda ham g'alaba qozonishimiz kerak"
28 noy 2022 16:30
Yangiliklar


Flik: "Keyingi o'yinda har qanday holatda ham g'alaba qozonishimiz kerak"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniyaga qarshi (1:1) o'yindan keyin fikr bildirdi.
"Jamoa so'nggi daqiqalargacha kurashdi, ammo biz faqat birinchi qadamni tashladik.
Maydonga katta yurakli jangchilar tushishdi. Agar shunday davom etsak va yanada ko'proq ishonchga ega bo'lsak, hamma narsa ro'y berishi mumkin.
Hali tirikmiz, keyingi o'yinda har qanday holatda ham g'alaba qozonishimiz kerak. Men muvaffaqiyatga ishonaman", – dedi Flik.
Germaniya terma jamoasi 3-turda Kosta-Rika bilan, Ispaniya esa Yaponiya bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar