Flik: "Bavariya" "Lion"ni yutishi kerak, bizni bog'dagi sayr kutmayotganini tushunib turibmiz"
19 avg 2020 11:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587620_original.jpg)
![](/upload/storage/587620_220.jpg)
Flik: "Bavariya" "Lion"ni yutishi kerak, bizni bog'dagi sayr kutmayotganini tushunib turibmiz"
"Biz "Lion"ning nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Ular yaxshi himoyalanishadi, to'p chizig'i bo'ylab ko'plab o'yinchilar bilan ixcham harakat qilishadi. Ular ko'p harakat qilishadi, ammo juda sifatli hujum mavjud. SHunday ekan maydonda to'g'ri harakatlanish muhimdir.
Biz finalga chiqishni xohlaymiz. Bu maqsadimiz, shu sabab "Lion"ni mag'lub etishimiz kerak, shuningdek bizni bog'dagi sayr kutmayotganini ham tushunib turibmiz. Ular musobaqa boshlanish paytida favorit deb hisoblangan "Manchester Siti" va "Yuventus" jamoalarini turnirdan chiqarib yuborishdi.
Rudi Garsiya va uning jamoasi taktik jihatdan juda ham yaxshi tayyorgarlikka ega - hujumda ham, mudofaada ham. Ular doim sergak holda o'ynashadi va biz bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Aytishim mumkinki, bizda aniq echimlar bor va ularni ertangi o'yinda qo'llay olishimizga umid qilamiz.
Ularda ham yuqori maqsadlar bor, ammo hammamiz oldinda 0:0dan boshlanadigan bitta o'yin kutib turganini bilamiz. Biz "Barselona"ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi intensiv tarzda harakat qilishimiz kerak. Tezlikni yuqori darajada ushlab turishimiz kerak. Mening jamoam buni uddalay olishiga aminman", - deydi Flik.
Lyon |
Champions League Final Stage . 1/2-tur 20/08/2020, 00:00 3
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Serge Gnabry - 18', Serge Gnabry - 33', Robert Lewandowski - 88' |
Stadion: Estadio Jose Alvalade, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar