Flik: “Bavariya” ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi va o'ziga vazifani qiyinlashtirdi”
11 iyu 2020 07:51
Yangiliklar


Flik: “Bavariya” ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadi va o'ziga vazifani qiyinlashtirdi”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Germaniya kubogi yarim finalida “Ayntraxt”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ikkinchi golni urib olganimizdan mamnunman. SHundan keyin biz butun jamoa bo'lib himoyalandik. Ikkinchi bo'limda jamoa charchab qoldi, ammo koncentraciyani saqlab qoldik va g'alabaga erishib, finalga chiqdik.
Uchrashuv haqiqiy kubok o'yiniga mos tarzda kechdi. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan samarali foydalana olmadik va oldimizdagi vazifani qiyinlashtirdik”, dedi Flik.
Germaniya kubogi finalida “Bavariya” “Bayer” bilan kuch sinashadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar