So’nggi yangiliklar

15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  8 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6

FK "Andijon"da tasischi o'zgardi Yangiliklar

FK "Andijon"da tasischi o'zgardi

Bugun Andijon shahridagi "Sog'lom Avlod" stadionida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Andijon viloyati hokimi o'rinbosari O'tkirbek SHukurov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari, viloyat futbol associaciyasi vakillari, "Andijon" futbol klubi rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etdi.

"So'nggi paytlarda jamoamizda moliyaviy qiyinchiliklar boshdan o'tkazildi. Jamoaning" Paxtakor" klubiga qarshi o'yinga qanday qilib etib borgani hech kimga sir emas. Xudo shukur, qiyin kunlar ortda qoldi. Mana Andijon o'g'loni, futbolning ashaddiy muxlisi hisoblangan Juratbek Quvvatov jamoani qo'lga olmoqda. Biz bu inson uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Hozircha ishlarni yo'lga qo'yib olgunga qadar natija talab qilmaymiz. Juratbek ham jamoani asta-sekinlik bilan mahalliylashtirish, viloyatdagi yosh futbolchilarga imkoniyat berish g'oyasini o'rtaga tashladi. Unutmanglar, Andijonda futbol o'lmaydi, doim futbol bo'ladi. Uzoq yillik tarixga ega bo'lgan jamoa saqlanib qoladi"-dedi O'tkirbek Ilhomovich.

So'ngra, so'zga "Andijon" futbol klubining yangi tasischisi chiqdi. "Avvalambor bildirilgan ishonch uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Natijani albatta qo'lga kiritamiz, buni uchun biroz vaqt kerak. Lekin izlanishdan to'xtamaymiz. Yaqin orada albatta natijani ham qo'lga kiritamiz"-dedi Juratbek Quvvatov.

Klub bosh direktori Marufjon Abdisalomovga so'zga chiqib "Bizni doim qo'llab-quvvatlab turgan viloyat hokimligiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Haqiqatdan ham so'nggi kunlarda qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Tan olish kerak, jonimizga Juratbek Quvvatov oro kirib, jamoamizni qabul qilib oldi. Uch yarim milliondan ziyod aholimiz bor, jamoaning esa 30-40 ming muxlisi bor. Mana shu stadion to'lib-toshadigan jamoa barpo etilishini tilab qolaman. Futbol o'yinlari kunlarini halqimiz katta bayram sifatida qabul qiladigan jamoa bo'lishini istayman"-dedi.

SHu tariqa, Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning topshirig'iga asosan, "Andijon" futbol klubida tasischi o'zgardi va klub "Makro Farm Andijon" korxonasi tasischisi Juratbek Quvvatov klub tasischisiga aylandi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика