Firminoning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
26 fev 2019 22:18
Yangiliklar


Firminoning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp MYUga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan shogirdi Roberto Firminoning tez sog'ayayotgani haqida fikr bildirdi.
"Omadimiz bor ekan, Firmino o'zini yaxshi his qilmoqda. Jarohat biz kutgandek jiddiy bo'lib chiqmadi. U ertaning o'zidayoq safga qaytishi mumkin va "Everton"ga qarshi derbida o'ynash imkoniyatiga ega. Bobbini (Firmino) hisobdan chiqarish noto'g'ri. Sababi, u juda tez sog'ayadi", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi "Liverpool Echo".
"Liverpul" 27 fevral kuni APLning 27-turi doirasida o'z maydonida "Uotford"ni qabul qilsa, 3 mart sanasida mehmonda "Everton" bilan mersisayd derbisida o'zaro to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar