Firmino: "Van Deyk - yaxshi himoyachi, unga qarshi o'ynash doimo qiyin"
04 jan 2018 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/297602_original.jpg)
![](/upload/storage/297602_220.jpg)
Firmino: "Van Deyk - yaxshi himoyachi, unga qarshi o'ynash doimo qiyin"
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino klub matbuot-xizmati bilan suhbatda jamoaning yangi himoyachisi Virjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
"U haqiqatdan ham yaxshi himoyachi. Unga qarshi o'ynash doimo qiyin. Van Deyk sifatli futbolchi. Bundan tashqari, u jismonan kuchli va bo'yi uzun. Van Deyk jamoamizga foyda keltiradi deb umid qilaman. U bilan birga o'ynash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Firmino.
26 yoshli gollandiyalik 75 mln. funt evaziga "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tdi. Van Deyk yangi jamoasida 4-raqam ostida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar