Firmino: “Jota bilan oramizda shaxsiy adovat yo'q, u ajoyib futbolchi”
22 noy 2020 21:58
Yangiliklar
Firmino: “Jota bilan oramizda shaxsiy adovat yo'q, u ajoyib futbolchi”
“Liverpul” forvardi Roberto Firmino jamoadoshi Diogu Jotaga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
“Liverpul”da qoyilmaqom tarkib bor, shu sabab asosiy tarkibdan o'rin olish oson emas. Bunga allaqachon o'rganib qolganman. Jota – ajoyib futbolchi va men uchun ham u navbatdagi yaxshi jamoadosh. Hafta davomida astoydil mashg'ulot o'tkazamiz, keyin esa bosh murabbiy boshlang'ich tarkibda kim tushishi va zaxirada kim qolishini hal qiladi. U bilan shaxsiy adovatimiz yo'q.
“Liverpul” hujum chizig'i ajoyib. Uni dunyodagi eng yaxshi jamoalar bilan taqqoslash mumkin. Bu yil hujumimiz yanada yaxshilandi. Buni hissiyotlarga berilgan holda emas, shunchaki statistikaga qarab aytmoqdaman. O'zimga kelsak, borimni berib mehnat qilaman va Yurgen Klopp mendan nimani talab qilsa, shuni maydonda bajaraman”, deydi Firmino.
Fikrlar