Firdavs Abdusalimov: "Hali hech narsa malum bo'lmadi"
11 okt 2014 08:44
Yangiliklar


Firdavs Abdusalimov: "Hali hech narsa malum bo'lmadi"
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasini Indoneziyaga qarshi birinchi tur uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz himoyachisi Firdavs Abdusalimov "CA"ga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Albatta bizga oson raqibning o'zi yo'q. Hamma jamoa ham Jahon chempionatiga borishni istaydi. Birinchi bo'limda kiritilgan ikkita gol g'alaba uchun etarli emas edi. Bizni oldinda muhim bahslar kutib turibdi. Hali guruhda ham hech narsa malum emas. Biz jahon chempionatiga chiqishni istaymiz va shuning uchun har bir bahsda g'alaba qozonishimiz shart. Bugungi raqibimiz ikkita goldan so'ng hujumkor o'yin ko'rsatdi.
Ayni vaqtda jamoamizda muhit alo darajada va chempionatning oxirigacha shu erda qolishni istaymiz" , - deydi terma jamoamiz azosi Firdavs Abdusalimov
Ayni vaqtda jamoamizda muhit alo darajada va chempionatning oxirigacha shu erda qolishni istaymiz" , - deydi terma jamoamiz azosi Firdavs Abdusalimov

Fikrlar