So’nggi yangiliklar

23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  64 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3

Firdavs Abdusalimov: "Ertaga maydonda haqiqiy jang guvohiga aylanamiz" Yangiliklar

Firdavs Abdusalimov: "Ertaga maydonda haqiqiy jang guvohiga aylanamiz"

"Xo'jand" futbolchisi Firdavs Abdusalimov OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bo'lajak uchrashuv haqida

- "So'g'diyona" hozirda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularni hurmat qilamiz, lekin raqibdan cho'chib, himoyaga yotib olish haqida o'ylaganimiz yo'q. Ertaga maydonda haqiqiy jang guvohiga aylanamiz. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz.

- "Dinamo" va "SHerdor" kabi klublardagi faoliyatingiz orqali futbol ishqibozlariga tanishsiz. Tojikiston klubiga yo'l olishingiz qay tariqa yuz berdi?

- O'tgan yili birinchi davradan so'ng "Xo'jand" Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'sha bahsda meni sinovdan o'tkazishlarini aytishdi, uchrashuvdan keyin esa jamoada olib qolishdi, o'shandan beri "Xo'jand" tarkibida to'p tepaman.

- O'zbekiston va Tojikiston chempionatlari qaysi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi?

- O'zbekistonda ko'proq texnik va taktik o'yinga etibor beriladi, Tojikistonda esa jismoniy jihatlar asosiy o'rinda turadi", dedi o'zbekistonlik futbolchi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика