"Fiorentina" prezidenti: "Futbolchilar "Yuventus"ga pul uchun o'tishadi"
18 may 2023 13:00
Yangiliklar
"Fiorentina" prezidenti: "Futbolchilar "Yuventus"ga pul uchun o'tishadi"
"Fiorentina" prezidenti Rokko Kommisso transfer bozoridagi vaziyatga baho berdi.
"Men 850 kishiga pul to'lashim kerak, bu futbol maktablarini hisobga olmaganda. Menda katta masuliyat bor. Asosiy muammo – daromadning etishmasligi. "Milan" ham, "Inter" ham "Fiorentina"dan ko'ra ko'proq daromadga ega bo'lgan holda xarajatlarni qisqartirmoqchi. Men yiliga 40 million yo'qota olmayman. "Fiorentina" hech qachon moliyaviy muammolarga duch kelmaydi.
APL klublari transfer bozorini ancha mushkul holatga keltirishdi. Ular "Yuventus" qilgan ishni qilishmoqda – ular o'yinchilarga o'zlari munosib bo'lgandan ko'ra ko'proq haq to'lashadi. Keza, Vlaxovich va Bernardeski kabi futbolchilarni boy berdik. Lekin ular Turinga libos uchun emas, pul uchun borishyapti. "CHelsi" o'n ikkinchi bo'lish uchun millionlar sarfladi. Men hech bo'lmaganda hech narsa sarflamadim", – dedi funkcioner.
Fikrlar