So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Finalni Samarqandda katta ekranlarda tomosha qiling! Yangiliklar

Finalni Samarqandda katta ekranlarda tomosha qiling!

O'zbekiston terma jamoasining Xitoydagi Osiyo CHempionatida erishayotgan natijalari butun O'zbekiston xalqini, xususan futbolga oshno Samarqand ahlini ham behad quvontirmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz guruh bosqichidan so'ng chorak final va yarim final bahslarida Osiyo grandlari sanalmish Yaponiya va Janubiy Koreya singari kuchli terma jamoalar ustidan yirik hisobdagi g'alabalarni qo'lga kiritib, finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi saf tortishadi.

Nafaqat O'zbekiston yoki Vetnam, balki butun Osiyo kutayotgan final bahsidagi g'alaba har qanday mamlakat futboli tarixida yangi sahifa ochadi. Nasib qilsa, finalda ham yigitlarimiz ishonchni oqlab, chempionlikka erishishsa butun mamlakatimiz futbol ixlosmandlari uchun bayram bo'ladi.

Finalni bayramona ruhda tomosha qilishni istagan samarqandlik muxlislarni Samarqand shahridagi «SHarq yulduzi» kinoteatrida (manzil: GUM) tashkil qilingan katta ekranlarda birga tomosha qilishga taklif etamiz.

Hayajonli va shiddatli o'tishi kutilayotgan, shanba kuni soat 13:00da boshlanadigan O'zbekiston – Vetnam final uchrashuvini Samarqandda ham barcha muxlislar birga to'planib tomosha qilishlari va hayajonli daqiqalarda O'zbekiston terma jamoasini g'oyibona bo'lsada katta ekran qarshisida birgalikda qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz! Muxlislardan imkon darajasida O'zbekiston bayrog'i bilan birga kelishlari so'raladi. Muxlislar zalga soat 12:30 dan boshlab kiritiladi. Murojaat uchun +998 90 657 56 40 (Usmon Ibodov) telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Vatanimiz jamoasini birga qo'llab-quvvatlaymiz! CHempionlik sari, Olg'a, O'zbekiston!

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика