So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Finalgacha... FOTO Yangiliklar

Finalgacha... FOTO

Farg'onadagi tarixiy kunga sababchi bo'lib turgan O'zbekiston kubogi final uchrashuvi boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

Ayni paytda jamoalar stadionga etib kelishgan va maydonda o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni bajarishmoqda.

SHota Arveladze bugun ham jamoaning ananaviy taktikasiga sodiq qolgan holda 4-2-3-1 sxemasini tanlagan. Oxirgi o'yinlarda jarohati bois o'tkazib yuborgan Azamov yana himoya markaziga qaytdi. Egor Krimec finalni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. SHuningdek, tarkibda yana bir o'zgarish ruy bergan. Tayanch zonasi vakili Azim Ahmedovning o'rnini bugun markazda Vladimir Kozak egallaydi. Qolgan nuqtalar borasida hech qanday o'zgarish yoki yangilik yo'q.

AGMK esa o'yinni 4-3-3 taktik sxemasida boshlaydi. Ashurmatov jamoasi o'yin borishiga 4-3-3 sxemani 4-2-3-1 yoki aksincha, vaziyatga qarab ushbu joylashuvni bahs davomida 4-3-3ga aylantirib o'ynashi mumkin. Himoya markazida Kasminin va Bubanya tandemiga ishonilgan. Qanotlarda Isroilov va Xojiakbarov o'ynaydi. Markaz Jokich-To'raev-Qilichev "uchligi"ga topshirilgan. Qanot vingerlari sifatida odatdagidek Hasanov va Pirimov o'ynashadi. Markaziy hujumda esa Kamoliddin Murzoev bahsni boshlang'ich tarkibda boshlamoqda.

Final uchrashuviga kirish chiptasi tekin. Muxlislar tashrifi esa kutilganidek yuqori emas. Hozircha stadionga taxminan 3-4 mingdan ziyodroq ishqibozlar tashrif buyurishgan. Muxlislarning final oldi kayfiyatlari ancha ko'tarinki va ular bugungi bahsdan haqiqiy finalga xos o'yin va shunga munosib shukuhni kutishmoqda.

Toshkentdan va Olmaliqdan bir guruh muxlislar kelishgan va ular o'zgacha kayfiyatda o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash uchun hozirlik ko'rishmoqda.

Stadionga yig'ilgan muxlislar uchun ayni paytda stadionda mahalliy sanatkorlar kuy-qo'shiqlarini taqdim etishmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика