So’nggi yangiliklar

07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  0 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  61 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8

Finaldagi "obgon", "Liverpul"ning eng qimmat transferi va 22 yoshda sardorlik. Fernando Torres faoliyatidagi yorqin damlarni eslaymiz Yangiliklar

Finaldagi "obgon", "Liverpul"ning eng qimmat transferi va 22 yoshda sardorlik. Fernando Torres faoliyatidagi yorqin damlarni eslaymiz

Fernando Torres futbolni tark etmoqda.

35 yoshli hujumchi kecha, 21 iyun kuni faoliyatini yakunlayotganini rasman elon qildi, yakshanbada esa bu malumot matbuot anjumani orqali tasdiqlanadi. Klublarda 260ta, terma jamoada esa 38ta gol urgan Torres deyarli o'n yil oldin top-hujumchi nomini yo'qotgan edi. Aynan o'sha yili u "Liverpul"dan "CHelsi"ga o'tgan.


Torresning eng yaxshi yillarini yodga olamiz.

"Atletiko" tarixidagi eng qiyin damlarda Fernando Torres asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 1999/2000 mavsumda policiya klub prezidenti Xesus Xilga nisbatan "Atletiko" pullarini sarflab yuborish borasida ish ochildi va rahbar chetlatildi. Jamoani boshqarayotgan Klaudio Raneri mavsum yakunlanmasidan istefoga chiqdi. Jamoada inqiroz ro'y berdi, Madrid klubi 1934 yildan so'ng birinchi marta ikkinchi darajali liga (Segunda)ga tushib ketdi.

Torresning debyuti Segundada bo'lgan (2001 yil, may). "Atletiko" Ispaniyaning ikkinchi ligasida ikki mavsum o'ynadi, Torres endigina kattalar futboliga ko'nikayotgandi. Jamoa LaLigaga chiqqanidan so'ng o'smir kattalar qatoriga qo'shildi: Ilk mavsumdayoq 13ta gol (19 yoshida). Yigitcha klub muxlislarining sevimli futbolchisiga aylandi.

Torres 22 yoshida sardorlik bog'ichida o'ynay boshladi va klub tarixidagi eng yaxshi sardorga aylandi. "Real" Fernandoni xarid qilishga urindi, rad javobi uni yanada mashhur futbolchiga aylantirdi, "CHelsi"ning taklifiga aytilgan "yo'q" so'zi esa uni qahramon darajasiga olib chiqdi. Ammo 2007 yilning yozida xatto "Atletiko"ning ashaddiy ishqibozlari ham Fernando ketishini tushinib turishgandi. Benites Torresni "Liverpul"ga taklif qildi va u rozi bo'ldi.


"Liverpul" ispaniyalik uchun 20 mln. evro sarfladi - o'sha paytda bu klub tarixidagi eng qimmat transfer edi.

Torres tezda va ko'p gol urishni boshladi. U "Liverpul"dagi ilk mavsumida 33ta gol urdi. Forvard bu natijani boshqa takrorlay olmasligini kim ham o'ylabdi deysiz.

Klubdagi mavsumni yaxshi o'tkazgan Torres Ispaniya terma jamoasida Evro-2008ga yo'l oldi. Bu Evropa chempionatida David Vilya o'zini ko'rsatdi (4ta uchrashuvda 5ta gol), ammo u yarim finalda jarohat oldi. SHu payt katta sahnaga Torres chiqdi va Germaniyaga qarshi finalda chaqqon Filip Lamni "obgon" qilib o'tib, Noyer darvozasini ishg'ol qildi. Ushbu gol ispanlarga chempionlik nomini olib berdi.

O'sha yil Torres "Oltin to'p" so'rovnomasida uchinchi o'rinni egalladi.

Ikki yildan so'ng Torres Ispaniya bilan jahon chempioniga aylandi. Suratda Torres Inesta bilan turibdi. 9 yil oldin, Ispaniya U17 jahon chempionatini tark etganida, Torres va Inesta futbolka almashishgan edi. Kattalar o'rtasidagi mundialda Torres Inestaga o'sha futbolkani qaytardi. Libosda quyidagi so'zlar yozilgan edi: "Bir kun kelib sen bilan jahon chempioni bo'lamiz".

Torres klubda ham muhim futbolchi bo'lgan. Benites Torresga gol urish uchun bo'sh zona kerakligini yaxshi tushunardi. "Liverpul"ning uslubi Fernandoga mos kelardi: Jerrard va Alonso jamoasi vertikal tez o'yin namoyish etib, to'pni o'zida ko'p ushlab qolmasdi.


"Liverpul"dagi uchta mavsum davomida Torres o'zining eng yorqin o'yinlarini namoyish etdi. Raqamlar buni isbotlaydi: Har uchrashuvda o'rtacha 0,84ta gol (penaltilarsiz). Super to'purarlarning eng muvaffaqiyatli 3ta mavsumini hisobga olsak, Fernando Anri (0,73), Keyn (0,72), SHirer (0,71), Aguero (0,71), Suareslardan (0,69) yaxshiroq natija ko'rsatgan.

Torresning parvozi "CHelsi"da yakuniga etdi. Aslida u "Liverpul"dagi so'nggi yarim yilni juda yomon o'tkazgandi. Mavsumlar oralig'ida Benites o'rnini Roy Xojson egalladi. Uning mashg'ulotlari Torresni "sindirdi". Bundan tashqari, ispaniyalik jarohatlardan azob chekdi - forvard yarim mavsumda bor-yo'g'i 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Fernandoning 50 mln. evrolik transferi "Liverpul" uchun muvaffaqiyatga aylandi. U qolganida jamoaga boshqa foyda keltirmagan bo'lardi.

Torresning so'nggi muvaffaqiyatli turniri Evro-2012 bo'ldi ("CHelsi" bilan CHL yutilganda u bortda edi, ammo yo'lovchi sifatida, biroq uning "Barselona"ga urgan goli hammaning yodida). Torres Irlandiyaga qarshi bahsda dubl qayd etdi, keyin finalda Italiya darvozasini ishg'ol qildi. Turnirning eng yaxshi to'purari bo'lish uchun Fernandoga uchta gol etarli bo'ldi.

"Torres juda iqtidorli bo'lgan, uni to'xtatib qolishning iloji yo'q edi. U butun umri davomida muhim gollarni urdi. Torres aqlli yigit va futbolni yaxshi tushunadi. Ammo hozir u futbolni sevadi deb o'ylamayman" - deb yozgandi 2014 yilda jurnalist Grem Xanter. U haq bo'lib chiqdi: Torres avvalgi darajasiga qaytmadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика