So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

Finalda Ubaydullaevni, Toshkentda Abramovni, saralashda Qosimovni mag'lub etgan murabbiy haqida Yangiliklar

Finalda Ubaydullaevni, Toshkentda Abramovni, saralashda Qosimovni mag'lub etgan murabbiy haqida

Teglar :  Mahdi AliBAA
Yulduz futbolchilardan kuchli murabbiy chiqmaydi degan gapga futbol olamida ko'p bor duch kelamiz.

Biroq, futbolchilik faoliyati yorqin kechmasada keyinchalik salohiyati yuqori murabbiy bo'lib etishganlar kam emas. Bugun hikoya qilmoqchi bo'lgan mutaxassisimiz amirlik Mahdi Ali ham futbolchi sifatida ko'pchilikka tanilmaganiga qaramasdan BAAning deyarli barcha yoshdagi terma jamoalari bilan murabbiy bo'lib katta natijalarga erisha oldi.

Mahdi Ali faoliyatini katta qismini mahalliy “Al Ahli” klubida o'tkazdi. 16 yoshida ushbu jamoada debyut qilgan futbolchi olti yil mazkur jamoada to'p tepdi. Ikki bor prezident kubogida zafar quchdi. Amirliklar tarkibidagi faoliyati davomida umumiy hisobda 194ga yaqin uchrashuvda maydonga tushdi va 12 bor raqib darvozabonlarini ranjitishni uddasidan chiqdi. 1985 va 1990 yillar oralig'ida BAA terma jamoasiga chaqirildi va 8ta bahsda ishtirok etdi. Ammo,malum bir sabablarga ko'ra butsalarini barvaqt mixga ilgan futbolchi murabbiylik licenziyalariga o'qishni boshladi. 2000 yilda u oilasi bilan Londonga ko'chib boradi va bir yil Angliyada istiqomat qiladi. Oradagi muddatda murabbiylik sertifikatini qo'lga kiritadi. Keyinchalik A licenziyasini olish uchun malum vaqt Germaniyadagi kurslarda tahsil oladi. Malumotlarga ko'ra Ali murabbiylikni jonajon jamoasi “Al Ahli”da boshlagan. Lekin, bu haqda deyarli to'liq aniq xabar yo'q hisob.


2007 yilda Mahdi Ali katta futbolga qaytdi. BAA futboli rahbarlari unga yoshlar terma jamoasini ishonib topshiradi. Uning boshchiligidagi jamoa Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgandi. “B” guruhidan o'rin olgan amirlik yoshlar yuz foizlik natija bilan Janubiy Koreya va Iroqlik tengqurlarini ortda qoldirib keyingi bosqichga chiqishadi. CHorak finalda esa turnir tashkilotchisi bo'lgan Saudiya Arabistoni kichik 1:0 hisobida mag'lub etiladi. Yarim finalda Avstraliya ustidan ishonchli hisobda zafar quchildi. U vaqtlarda yashil qita vakillari Osiyo miqyosidagi turnirlarda endi qatnashib tajribasini oshirib kelayotgandi. SHuning uchun ularni mag'lub etish BAAga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi. Finalda jamoaga Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston raqiblik qiladi. Unda Alining shogirdlari 2:1 hisobida g'alabani tantana qiladi va chempionlikni nishonlaydi. Ahmad Halil 4ta to'p bilan to'purarlar qatoridan joy oladi va eng yaxshi futbolchi deb etirof etiladi. Bu yutuk Mahdi Alining faoliyatidagi birinchi katta yutuq edi. To'g'ri, bunga qadar 2003 yilda o'smirlar terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib tajribasini oshirgandi. Biroq, mustaqil murabbiy sifatidagi debyut musobaqasida birichilikni olish har kimga ham nasib qilavermaydi.


2009 yilda Misrdagi U-20 Jahon chempionatida Janubiy Afrika, Vengriya, Gonduras bilan bir guruhga tushgan BAA yoshlari matonat ko'rsatgan holda 4 ochko ishlab, ikkinchi o'rinni egallab nimchorak finalga yo'l oladi. Raqib Venesueladan 2:1 hisobida ustun kelgan amirliklar chorak finalda Kosta Rika to'sig'idan o'ta olishmaydi. BAA tengma teng kurashganiga qaramasdan jismoniy tomonlama raqibga bas kela olmaydi. Yakunda dunyoning kuchli sakkiz terma jamoasi qatoriga kiradi. 2010 yilgi Osiyo o'yinlarida o'zagi ushbu jamoa vakillaridan iborat BAA olimpiya terma jamoasi uchinchi o'rin sohibi bo'ldi. Guruhda O'zbekistondan uch ochko olgandi. Ijobiy natijalar qayd etayotgan murabbiyga mamlakat futbol mutasaddilari ishonishda davom etishardi. O'z navbatida murabbiy ham ularning umidlarini so'ndirmaydi. Borgan sari shakllanib borayotgan yoshlar terma jamoasi negizida Alining o'zi olimpiya terma jamoasini shakllantiradi. Bu vaqtga kelib Ahmad Halil, Omar Abdulrahmon, Habib Fardan kabi iqtidorli futbolchilar qolgan tengdoshlariga nisbatan ancha yuqori darajaga kelib ulugurgandi. 2012 yilgi yozgi olimpiya o'yinlariga chiqish uchun O'zbekiston olimpiya terma jamoasida juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Bir qadam bossa bo'lgani edi. Hattoki, Londonga uchadigan samalyotga chiptalar buyurtma qilib qo'yilgandi. Buning uchun yana Mahdi Ali boshchilik qilayotgan Birlashgan Arab Amirliklari olimpiyachilarini engish kerak edi, holos.

Doim har qanday turnirda yo'limizga to'g'anoq bo'layotgan bu jamoa yana og'zimizdan yo'llanmani ilib ketdi. Yurtdoshlarimiz ikkinchi taymning boshlarida 2:0 hisobida yutib turishganida g'alabamizga ishonib turgandik. Afsuski, himoyachilarimizning yosh bolalarcha xatolari va dovdirab qolishlari oqibatida birgina raqib futbolchisi Ahmad Halil uchrashuv taqdirini, shu bilan birga Olimpiyada masalasini hal qildi, qo'ydi. Ali esa shogirdlarini Olimpiyada sari etakladi. Osiyo kubogi – 2015 saralash o'yinlarida milliy terma jamoamiz guruhdan chiqish uchun BAA terma jamoasi bilan kurash olib boradigan bo'ldi. Endilikda yo'llarimiz kattalar miqyosidagi bahslarda kesishdi. 2013 yil fevral oyida Dubayda o'tgan birinchi bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida Mirjalol Qosimov shogirdlarini engdi. Toshkentdagi javob bahsida duranga imzo chekildi. 2015 yil yanvar oyida Avstraliya yashil maydonlarida tashkil etilgan qita chempionatida BAA termasi guruhdan chiqib chorak finalda amaldagi chempion Yaponiyani musobaqadan chiqarib yuboradi. Yarim finalda Avstraliyadan mag'lubiyat qabul qilib olinganiga qaramasdan, uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda Iroq ustidan g'alaba tantana qilinadi va bronza medallariga ega chiqadi. BAA hujumchisi Ali Mabhut musobaqa to'purari bo'ldi.


JCH–2018 saralash bosqichidagi qoniqarsiz natijalar tufayli Mahdi Ali istefoga chiqarildi. 2008 va 2016 yillar mobaynida BAA futbolida tizmli ishlar amalga oshirildi. Alining 2008 yilda boshlagan loyihasi asosida ko'plab yuutuqlar qo'lga kiritildi. Iqtidorli futbolchilar etishib chiqdi. Ahmad Halil va Omar Abdulrahmon Osiyoning eng yaxshi futbolchilari deb elon qilindi. Umuman olganda ushbu mutaxassisning terma jamoalardagi faoliyati mazmunli o'tdi, deya olamiz.

O'zbekistonlik yoshlar murabbiyi Ahmad Ubaydullaev Mahdi Ali haqida intervyularini birida quyidagicha fikrlarni bildirgandi:

“2008 yil musobaqaning so'ngi kunida mehmonhonada biz va amirliklar delegaciyasi qolgandi. Futbolchilarimga boshida bu erdan eng ohiri bo'lib chiqib ketamiz degandim. Mahdi Ali juda yaxshi inson va ajoyib do'st. U bilan ko'pincha turli seminarlarda, yig'inlarda birga bo'lardik. Keyinchalik ham aloqalarimiz uzilmadi, do'stlik rishtalarimiz saqlanib qolindi. “Men Eron yoki Koreya bilan o'ynashdan qo'rqmayman. Sizlar bilan o'ynash men uchun muammo. CHunki, o'zbekistonlik futbolchilar va sening shogirdlaring boshqacha futbol ko'rsatadi”,- degan edi. 



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика