So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Finalda o'zbek futboli yutdi Yangiliklar

Finalda o'zbek futboli yutdi

Kecha Farg'onada O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Paxtakor"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan AGMK klubi o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Jamoa o'zining 10 yillik tarixida ilk bor katta sovringa ega chiqdi.

Kechagi finalda nafaqat AGMK, balki o'zbek futboli yutdi. Sababi o'yindan avval ko'plab mutaxassislar, jurnalistlar va muxlislar AGMK osongina yutqazib berishini taxmin qilishdi. Bunga sabab sifatida yaqinda AGMK klubi bosh homiysi bo'lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinati boshqaruviga kelgan SFI Management Group kompaniyasi aytildi. Ko'pchilikka malumki mazkur kompaniya "Paxtakor" klubining akciyalariga egalik qiladi.

SHunga qaramay kechagi finalda halol futbol birinchi o'ringa qo'yilgani ko'pchilikning etiborini tortdi. Yani AGMK o'yindan avval aytilganidek "osongina" yutqazib bermadi. Haqiqiy jang bo'ldi va shu kuni kuchliroq bo'lgani uchun Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi klub kubok sohibiga aylandi.



SFI Management Group kompaniyasi bu bilan kelishilgan o'yinlarga qarshi ekanligini, doim halol va toza futbol bo'lishi tarafdori ekanligini namoyish etib berdi.

Ushbu kompaniya Olmaliq kon metallurgiya kombinati boshqaruviga kelgach, AGMK klubida ham o'zgarishlar ro'y berdi va jamoa natijalari ancha yaxshilandi. Qisqa vaqt ichida klub o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi finaliga chiqdi va shu yilning o'zidayoq mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Kelgusi yil AGMK klubi Osiyo chempionlar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. O'z tarixida birinchi marta xalqaro musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qiladigan klubga omad tilaymiz.




Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика