So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Final. Ermatov hammadan oldinda Yangiliklar

Final. Ermatov hammadan oldinda

30 oktyabr kuni O'zbekiston kubogi joriy mavsumining yakunlovchi o'yini o'tkaziladi.

Buxorodagi bahsni Vadim Agishev boshqarishi malum qilindi. Bu 43 yoshli arbitr uchun ilk final.

Tarixga nazar solsak, O'zbekiston kubogining ortda qolgan 29 finalida 17 nafar bosh hakam ishlaganiga guvoh bo'lamiz. Ilk finalni (1992 yil) boshqarish baxti marhum Gali Imomovga nasib qilgan edi. 

Rekord

O'zbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundial rekordchisi Ravshan Ermatovning oldiga tushadigani yo'q. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pog'onaga 4 tadan o'yin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan.

SHuningdek, Ravshan Ermatov finallarni ketma-ket boshqarish bo'yicha barchadan oldinda. U 2010-2013 yillardagi hal qiluvchi bahslarning hammasini boshqargan.

Xorijlik referilar

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yinida 2 bor chet ellik hakamlar ishlagan edi. Aniqroq aytsak, 2014 yil yakunida o'tgan "Lokomotiv" 1:0 "Bunyodkor" o'yinini Kim Dong Jin (J. Koreya) boshqargan. 2017 yilda poytaxtning yana o'sha klublari o'rtasida "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan va 3 yil oldingi hisob takrorlangan bahsda BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.

Eng qattiqqo'l

Finallarda eng ko'p sariq kartochka Ravshan Ermatovning cho'ntagidan chiqqan (20 marta) bo'lsa, qizil kartochka ko'rsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin etakchi bo'lgan (3 tadan). Ammo penalti belgilash bo'yicha Temur To'xtasinov barchadan oldinda (2). U 2018 yilning 28 oktyabr kuni Farg'onada o'tkazilgan AGMK 3:1 "Paxtakor" bellashuvida har ikki jamoa darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

To'liq statistika


referifinals-kq-kpen
1Ravshan Ermatov52011
2Gali Imomov41430
3Noil Lutfullin41430
4Marat Ismoilov21220
5Rustam Saidov21110
6Rashid Aytekov1800
7G'ayrat Karimov1600
8SHerzod Qosimov1401
9Kim Dong Jin1310
10Muhammad Abdulla Hasan1500
11Sardor Najafaliev1411
12Dilshod Asimov1300
13Dmitriy Roman1300
14Temur To'xtasinov1502
15Vladislav Ceytlin1410
16Ahrol Risqullaev
1410
17Zokir Qodirov1101
18Vadim Agishev----


Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Muallif :
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика