So’nggi yangiliklar

21:33"Нефтчи" Фаррух Сайфиев ва Икром Алибоев билан шартномани узайтирди  0 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  4 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  0 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  0 19:39FUTSAL AWARDS – 2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди  0 19:27АПЛ. Шеркининг 83-дақиқада урган голи "Ман Сити"га меҳмонда "Ноттингем Форест" устидан ғалабани тақдим этди, "шаҳарликлар" турнир жадвалида биринчи ўринга чиқиб олишди  18 19:02"Ал Насср" — "Ал Оҳдуд". Таркиблар маълум  0 19:00"Арсенал" — "Брайтон". Таркиблар маълум  1 18:21“Барселона” “Манчестер Сити” марказий ҳимоячисига кўз тикди  1 17:59Расман: “Нефтчи” Баҳодирхонов, Шокиров ва Жумаевни ўз сафига қўшиб олди  12 17:29Ўзбекистон U-20 терма жамоаси январда Туркияда йиғин ўтказади, таркиб ҳам маълум  6 17:13"Наполи" "Реал" ҳужумчисини нишонга олди  2 16:42Расман: "Нефтчи" Ғиёсов, Пўлатов ва Соҳибжоновни ўз сафига қўшиб олди  9 15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  10

Final. "Dinamo" to'ladimi? Yangiliklar

Final. "Dinamo" to'ladimi?

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston kubogining yakunlovchi bahsi o'tkaziladi.

Paxtakor

Odiljon Hamrobekov - 28'

O'zbekiston kubogi. 3-tur

04/12/2021, 16:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Bahrom Abdurahimov - 38', G'olib G'aybullaev - 75'

45'
90'
24'  SHahzod Azmiddinov
28'  Odiljon Hamrobekov
28'  Farrux Sayfiev
45'  Odiljon Hamrobekov
46'  SHahzod Azmiddinov (Marlen CHobanov)
68'  Abbosbek Fayzullayev (Boyan Matich)
80'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
80'  Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg’unboyev)
83'  Marlen CHobanov
90'  SHerzod Temirov (Diyor Xolmatov)
34'  Oybek Bozorov
38'  Bahrom Abdurahimov
38'  SHerzod Nasrullaev
60'  Bahrom Abdurahimov (SHahzod Akramov)
60'  Abubakrrizo Turdaliev (Murodbek Rahmatov)
61'  SHahzod Akramov
75'  G'olib G'aybullaev
75'  Sukhrob Nurulloyev
78'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)
78'  Husayin Norchaev (SHohmalik Komilov)
90'  Umidzhon Ergashev

Final o'yiniga Samarqanddagi "Dinamo" stadioni mezbonlik qiladi. Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" va "Nasaf" 2021 yilgi futbol mavsumini aynan shu stadionda o'tgan Superkubok o'yini orqali ochib bergandi. Mavsumga yakuniy nuqtani qo'yish ham shu jamoalarning chekiga tushdi. Manzil yana o'sha.

"Dinamo" o'yingohi — shu nom bilan ataluvchi Samarqand viloyati bosh jamoasining uy stadioni. 1958 yilda tashkil etilgan "Dinamo" klubi 50 yildan ziyodroq vaqt davomida ayni o'yingohda to'p surib kelmoqda (2007 va 2011 yillar mustasno). 

Stadion 1962 yilda qurilgan, o'sha paytlari sig'imi 16 ming nafar tomoshabinga mo'ljallangan edi. 2012 yilda esa zaminaviy tarzda rekonstrukciya qilingan arenaning bag'ri kichrayib, 13 800 nafar muxlisga joy bera boshladi.

Malumot uchun, mamlakat kubogi finali 3-bor Samarqandga ishonib topshirildi. Tarixga nazar solsak, finallar tarixi aynan "SHarq gavhari"dan boshlanganiga guvoh bo'lamiz:

1992. "Navbahor" 0:0 "Temiryo'lchi" (hozirgi "Qo'qon-1912"). Penaltilar seriyasi - 6:5.

2016. "Lokomotiv" 1:0 "Nasaf".

O'zbekiston kubogining dastlabki final yakuniy o'yinini 7 000 nafar ishqiboz "Dinamo" stadionidan kuzatgan bo'lsa, 2016 yilda 8 150 nafar tomoshabin arenaga tashrif buyurgan edi.

Tomoshabinlarning 2021 yildagi statistikasiga etibor qaratsak, "Dinamo" o'yingohiga tashrif o'rtacha 2000 kishidan pastga tushgani yo'q. Agar navbatdagi bellashuvning final maqomidaligini inobatga olsak, bu miqdor sezilarli ravishda oshishi mumkin. SHuningdek, "Nasaf" hamda "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yinlarning har doim keskin va murosasiz kechishi ham uchrashuvga qiziqishni orttirishi bor gap. Bundan tashqari, PFL ham ko'proq muxlislarni jalb etish maqsadida qator ko'ngilochar tadbirlar rejalashtirib qo'ygan.

Asosiysi, finalni o'yingohning o'zidan tomosha qilish mutlaqo bepul. Xullas, hordiq chiqarish uchun imkoniyat atalmish narsa bor. Nahot, shundan keyin ham butun boshli Samarqand mo'jazgina stadionni to'ldira olmasa?

1) 5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi?

2) Final. Ravshan Ermatov — mutlaq etakchi

3) Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi?

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика