So’nggi yangiliklar

00:20А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  17 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  0 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  9

Final-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Marko va Dragan kelishib olgan shekilli" - "Nasaf" vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani Yangiliklar

Final-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Marko va Dragan kelishib olgan shekilli" - "Nasaf" vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani

2021 yilgi O'zbekiston kubogi finalidan oldin "Nasaf" vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

 


"Assalomu aleykum. Qiziq holat, "Paxtakor" bilan mavsumni boshlab, birga yakunlamoqdamiz. Bu ikki jamoaning saviyasi yaxshi ekanligidan dalolat. Raqibga ortiqcha tarif bermaymiz. Tarkibida yuqori darajadagi futbolchilar bor. Jismoniy va ruhiy tayyorgarligimiz yaxshi. G'alaba uchun maydonda borimizni berishimiz talab etiladi",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

Husayin Norchaev - Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Muxlislarni xursand qiladigan natija qayd etishga harakat qilamiz. Kayfiyatimiz alo darajada.

Oybek Bozorov - Finalga yaxshi kayfiyatda etib keldik. Superliga yakunlangach hordiq chiqarish imkoni bo'ldi. Hamma shay holatda. Marko Stanoevich va Jo'rabek Mannonovdan boshqa yo'qotishlar yo'q.

- Ikki jamoa tarkibidagi yo'qotishlar sifatli futbol ko'rsatishga qay darajada tasir qiladi?

- "Paxtakor" va "Nasaf"da yosh futbolchilar ko'p. Ularga imkoniyat beriladi. Sifatni ko'rsata olmasada, shijoat va motivaciya namoyon bo'ladi. Ikki jamoa ham qiziqarli o'yin ko'rsatadi, deb o'ylayman. Biz yo'qotishlar o'rnini to'ldiradigan futbolchilarga egamiz.

- "Nasaf" joriy mavsum juda muhim o'yinlarda gol o'tkazib yuborgach qaytishga qiynaldi. Bunga jamoa tayyormi?
- O'zbekiston klublari ichida eng ko'p rasmiy o'yinda maydonga tushdik. Mavsum boshida  oldimizga jiddiy maqsad qo'yilmagan, tarkibda yo'qotishlar ko'p edi. Biroq o'z o'yinimizni yo'qotmadik. Yoshlar bilan ketganlarning o'rnini to'ldirdik. Ikkita frontda finaldamiz. Gol o'tkazganda emas, gol urib ham raqibga imkoniyat berib qo'ymoqdamiz. Balki tajribali futbolchilar etishmasligi pand berayotgandir. Har o'yinda buni bartaraf etishga harakat qilmoqdamiz.

- "Paxtakor"da Dragan CHeran, "Nasaf"da Marko Stanoevich o'ynamaydi. Ularning qaysi biri jamoalari uchun jiddi yo'qotish?

- Menimcha bir hil holatda bo'lsak kerak. Ularning ikkisi ham jamoa etakchilari. "So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng Marko Dragannikiga borib kelay degandi, ikkisi finalda o'ynamaylik, deb kelishib olgan shekilli. Albatta bu hazil. Marko finalda o'ynashni juda istagandi.

- Ikki jamoadagi yo'qotishlar hisobga olsak, "Paxtakor"ni nimaning evaziga mag'lub etilishi mumkin?

- "Paxtakor" bilan o'tkazgan o'yinlarimizni tahlil qildik. Hech bir to'qnashuvda o'yin bo'yicha yutqazmaganmiz. Ertaga kim ko'proq xato qilsa o'sha jamoa mag'lubiyatga uchraydi. Fikrimcha tartibli o'yin bilan yutishimiz mumkin. Balki indvidual harakatlar emas, jamoaviy o'yin asosiy planga chiqadi. 

- Har mavsum yakunida ko'p jamoalardan "Nasaf" futbolchilariga takliflar kelib tushadi. Hozirgi sharoitda futbolchilarni saqlab qolish imkoniyati qanday?

- Keyingi yilgi rejalar har yilgiga qaraganda yaxshiroq. Tarkibimizni saviyali futbolchilar bilan kuchaytira olsak jiddiy maqsadlar qo'yilishi mumkin. Yigitlarning ko'piga taklif bo'lishi tabiiy, o'rtadagi agentlar ko'p murojaat qilmoqda. Bu tabiiy hol. Kuchli klublardan takliflar bo'lsa, rahbariyat ko'rib chiqadi.

- Ertaga "Nasaf" g'alaba qozonsa, OCHLga yo'llanma oladi. Bunday bahslarda xohish gohida foyda yoki zarar keltirishi mumkin?

- Ortiqcha tayyorgarlik ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yigitlar bu yil ruhiy tomondan o'sishdi. Turnirlarda qaysidir pallada 2:0 yutayotganimizda durang bo'lib qoldi. "Lokomotiv" bilan o'yinda yutishni istagandik. Bu o'yinga yaxshi holatda kelmagandik. CHempionatda sovrinli o'rinlarni egallashimiz kerak edi. Butun mavsum davomida OCHLga yo'llanma olishimiz kerak degan yigitlar bilan o'zaro kelishuvimiz bor. Yigitlar masuliyatni yaxshi his qilib turibdi. Bir yil davomida katta mehnat qilishdi. Buning samarasini ko'rish vaqti keldi. 

- So'nggi ikki mavsumda o'yiningiz ochilgandi. 2021 yilgi pasayish nima bilan bog'liq?

Oybek Bozorov - Bilmadim. Yarim himoyachilardan ko'proq gollarga assistentlik qilish, vaziyatlar yaratish talab qilinadi.  Balki kam gol urganim uchun shunday tuyulgan bo'lsa kerak. Umuman olganda o'yinim o'tgan yilgiga qaraganda o'zimga yoqdi. Ertaga biz o'z uyimizda o'ynagandek harakat qilamiz. Muxlislarimiz ham ko'proq bo'ladi. 



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика