So’nggi yangiliklar

10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  2 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  6 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  4 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   36 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   4 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   5 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  14 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  177 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  5 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1

Filipp Truse: "O'zbekistonga qarshi o'yin Koreya bilan to'qnashuv oldidan yaxshi sinov bo'ldi" Yangiliklar

Filipp Truse: "O'zbekistonga qarshi o'yin Koreya bilan to'qnashuv oldidan yaxshi sinov bo'ldi"

Vetnam va O'zbekiston (0:2) terma jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan keyin vetnamliklar bosh murabbiyi Filipp Truse o'yin haqida fikr bildirdi.

"Vetnam terma jamoasidan ancha kuchli ekanligini barcha biladigan raqibga duch keldik. SHunday ekan, ushbu o'yindagi maqsadimiz to'psiz o'ynagan holda mustahkam himoyaga etibor qaratish edi. Oktyabr oyidagi uchta raqibimizning barchasi Vetnam termasidan kuchli ekanligi aniq. Xususan, bu o'yinlarda ko'proq etiborni himoyani mustahkamlash va qarshi hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlash hamda o'yin uslubini yaxshilashga qaratishimiz kerak.

Umuman olganda, maydonga tushirilgan futbolchilarning harakatlari, bir-birining o'rnini to'ldirishi va koncentraciyasidan mamnunman. Biroq jamoaning qarshi hujumga o'tish jarayoni, shuningdek, to'p bizda vaqti bir necha marta xatoga yo'l qo'yib, raqibga uni osonlik bilan qaytarib olishiga imkon bergan holatlar meni qoniqtirmayapti. So'nggi ikki o'yindan so'ng bir necha kun dam olish, tiklanish va Koreyaga qarshi o'yinga eng yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun vaziyatlarni tahlil qilish kerak bo'ladi.

Koreyaga qarshi bahsga qadar himoya qo'rg'onini yaxshilashimiz va yanada kuchaytirishimiz kerak. O'zbekiston yoki Koreya kabi kuchli jamoalar bilan to'qnash kelganda, jamoa 30-35 foizinigina to'p nazoratiga ega bo'lishi mumkin. To'psiz qolgan vaqt himoyani intizomli tarzda ushlab turish kerak. O'zbekistonga qarshi o'yin Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan yaxshi sinov bo'ldi", – dedi franciyalik mutaxassis.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика