Filipp Lam: "Biz tayyorgarlikni hali yakunlamadik"

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2014, 21:57
"Bavariya" jamoasi sardori Filipp Lam "Borussiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoaning mavsumga hali tayyor emasligini aytib o'tdi.
"Jamoa mashg'ulotlariga yaqindagina qo'shilgan futbolchilar ko'p. Shuning uchun bizga yana ozgina vaqt kerak. Biz tayyorgarlikning o'rta bosqichidamiz. Yuz foiz tayyor bo'lishimiz uchun yana ikkita o'yin o'tkazishimiz zarur", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda myunxenliklar jamoasi rasmiy sayti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net