Figu Evroning har bir o'yini startida bo'lgan Ronaldu haqida: "Hammasini boshqacharoq qilish mumkin edi"
13 iyu 13:31
Yangiliklar
Figu Evroning har bir o'yini startida bo'lgan Ronaldu haqida: "Hammasini boshqacharoq qilish mumkin edi"
Luish Figu Krishtianu Ronalduning Evro-2024dagi o'yin vaqti haqida gapirdi.
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisidan 39 yoshli Ronaldu Evro-2024ning har bir o'yini startida bo'lgani haqida so'rashdi.
"Hammani o'z fikri bor. Bunday vaziyatlarda barchamiz murabbiyga aylanib qolamiz. "Nega", "Nega yo'q" kabi savollarga masullar javob berishi kerak.
Bu borada mening fikrim bor, ammo hozir uni aytishdan foyda yo'q. Bo'ladigan ish bo'ldi va hozir bu haqida hamma gapira oladi.
Ammo har qanday holatda ham hammasini boshqacharoq qilish mumkin edi" - dedi "Real" sobiq xavbeki.
Fikrlar