"FIFA.uz" o'z g'oliblarini 30 dekabr kuni taqdirlaydi
26 dek 2013 16:50
Yangiliklar


"FIFA.uz" o'z g'oliblarini 30 dekabr kuni taqdirlaydi
30 dekabr kuni virtual futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan 3 nafar ishtirokchimizning taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
SHu kuni "Sony Playstation-3" bo'yicha O'zbekiston chempionatining final o'yinlari bo'lib o'tadi. Yodingizda bo'lsa, Incheonda bo'lib o'tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston vakili qita chempioni bo'lib qaytgan edi. Bu o'yinchi O'zbekiston Kubogi finalida ham ishtirok etadi.
Tadbirda O'zbekiston futboli yulduzlari qatnashadilar. Finalni esa Mirzahakim To'xtamirzaev jonli tarzda sharhlab boradilar.
Eslatib o'tamiz, virtual futbol bo'yicha O'Zbekiston chempionatida "Bunyodkor" jamoasi 1437 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Ikkinchi o'rin "Buygozok FK" nikidagi ishtirokchiga nasib etdi. Kuchli uchlikni "Manchester United" yakunlab berdi.
Yangi yilda, "CA" va "FIFA.uz"dan yangi loyihalarni kuting!
Fikrlar