So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

FIFA.com: O'zbekiston Koreya lanatiga barham bermoqchi Yangiliklar

FIFA.com: O'zbekiston Koreya lanatiga barham bermoqchi

FIFA rasmiy sayti O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yindan oldin maqola chop etdi.

“Bu bizning so'nggi imkoniyatimiz. YO Janubiy Koreya ustidan g'alaba qozonamiz, yo futbolni umuman “yig'ishtirib” qo'yishimiz kerak”, - deydi Xitoy (0:1) bilan bo'lgan mag'lubiyatdan so'ng qattiq tushkunlikka tushgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov.

“SHanxay SIPG” yarim himoyachisi, albatta, oshirib yubordi: xattoki bu janubiy koreyaliklar bilan eng muhim o'yin bo'lsa-da! Bir so'z bilan aytganda, buni “Oq bo'rilar” uchun oxirgi imkoniyat deb atash ham shart emas. Nazariy tomondan qarasak, durang ham O'zbekistonni JCH-2018ga chiqishiga imkoniyat qoldiradi. Lekin, Ahmedov bu holat haqida xatto o'ylashni ham xohlamayapti.



“Biz bundan 4 yil avval o'tib bo'lganmiz”, - deydi 29 yoshli yarim himoyachi, JCH-2014 saralash bosqichlarini eslab, FIFA sayti bilan bo'lgan suhbatda. - koreyslar bilan bir xil ochko yiqqanmiz, lekin to'plar nisbatiga ko'ra 3-o'ringa tushib qolgandik. Pley-offda Iordaniya termasi bilan bo'lgan bahslarda mag'lub bo'ldik. Ammo, bu safar biz hech qanday pley-offlarsiz, to'g'ridan-to'g'ri JCHga yo'llanma olishni xohlaymiz”.

2014 yilgi jahon chempionati saralash bosqichlarida “Tegu jangchilari” o'zbeklarga mundialga borishlariga to'siq qo'yib qo'ygandilar. JCH-2006 saralashida O'zbekiston jamoasi koreyslarni 2-pog'onaga o'tkazib yuborib, 3-o'rinni egallagan. O'zi esa Baxrayn bilan uchrashgan. Afsuski, bu o'yin ham omadsiz kelgan.  

Janubiy Koreya ushbu jamoaning eng noqulay raqiblaridan biri hisoblanadi. “Tegu jangchilari” nafaqat JCH saralash bahslarida, balki Osiyo Kubogida ham o'zbekistonliklar yo'liga to'g'anoq bo'laveradi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Janubiy Koreya termasi hisobida 14 g'alaba mavjud. O'zbekiston faqat bir bor, 1994 yil (1:0) zafar quchgan. Qanday qilib, bunday statistika bilan ijobiy natijadan umid qilish mumkin.  



“Ular noqulay raqib, bu fakt!, - deya tan olmoqda Ahmedov. - Lekin biz o'z uyimizda o'ynaymiz. SHu sababli ham, muxlislar oldida qarzimiz bor. Biz buni masuliyat bilan bajarishimiz zarur va bizning boshqa variantimiz yo'q. Fikrimcha, Xitoy bilan bo'lgan bahs futbolchilarni tushkunlikka tushurib qo'ymasligi lozim. Axir bizning terma jamoamiz kuchli”   

Aytgancha, Xitoyda engilgan “Oq bo'rilar” safardagi bahslarda ketma-ket 4-marta muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi.

“Qulay vaziyatlar o'tkazib yuborilganini esdan chiqarmasa, g'alaba qozonish mushkul. Xitoy bilan bo'lib o'tgan bahsda axir necha marotaba qulay lahzalar bo'ldi?! O'yinda bunday holat boshqa takrorlanmasligi lozim. O'ylashimcha, biz Toshkentda futbolning umuman boshqa bosqichini ko'rsatib beramiz. Uyda bizni faqatgina g'alaba qoniqtiradi”, - deydi Ahmedov.

FIFA saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика