FIFA.COM: 6 iyunda O'zbekiston Tailand bilan o'ynaydi
06 fev 2017 15:06
Yangiliklar


FIFA.COM: 6 iyunda O'zbekiston Tailand bilan o'ynaydi
O'zbekiston terma jamoasi iyun oyida Toshkentda Tailand terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Bu haqda FIFA rasmiy saytining O'zbekiston va Tailand terma jamoalarining sahifasida malumot berilgan. Tashkilot saytiga ko'ra mazkur bahs 6 iyun kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, O'zbekiston JCH-2018 saralashi doirasida 23 mart kuni Malayziyada Suriya bilan, 28 martda Toshkentda Qatar bilan o'ynaydi.
12 iyunda esa Tehronda Eron mehmoni bo'ladigan jamoamiz ushbu o'yindan oldin Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Tailand terma jamoasi ham JCH-2018 saralashida ishtirok etmoqda. Boshqa guruhdan o'rin olgan jamoa 5ta o'yinda 1ta durang qayd etdi va 4 bor mag'lub bo'ldi. Tailand 13 iyun kuni o'z maydonida BAA bilan o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar