So’nggi yangiliklar

20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  0 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  0 20:37U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия U-17 - Ўзбекистон U-17 (матнли трансляция)  5 20:30Хорватия - юлдузлар фабрикаси. Бу жамоани 12 йил олдин мағлуб этганмиз  1 19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  7 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  11 18:35Қозоғистон — Бельгия. Таркиблар маълум  10 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  34 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  3 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  12 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   18 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2

FIFA futzal bo'yicha JCH oldidan O'zbekistondagi futbol infratuzilmasini o'rganib chiqadi Yangiliklar

FIFA futzal bo'yicha JCH oldidan O'zbekistondagi futbol infratuzilmasini o'rganib chiqadi

O'zbekiston so'nggi yillarda FIFA hamda OFK miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda o'tkazish yuzasidan katta qadamlarni tashladi.

Buning natijasida mamlakatimiz o'tgan davr mobaynida turli yosh toifasidagi qita birinchiliklariga mezbonlik qildi. Bu borada to'plangan tajriba keyingi turnirlarga mezbonlik qilish uchun katta imkoniyatni taqdim etdi. 

Xususan, FIFA Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida O'zbekiston futzal bo'yicha 2024 yilgi Jahon chempionati mezboni etib belgilandi. 

"Ushbu nufuzli musobaqani yurtimizda o'tkazish borasida Mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan FIFAga mavjud infratuzilma yuzasidan malumotlar taqdim etildi. Uchrashuvlar o'tkaziladigan majmualar va mashg'ulot zallarining FIFA talablariga, xususan, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasidagi harakatlar boshlandi. O'z o'rnida, O'zbekiston futbol associaciyasi FIFAga Jahon chempionati o'yinlarini o'tkazish mo'ljallanayotgan quyidagi majmualarni taqdim etdi:

"Humo Arena" (turnirning ochilish va final uchrashuvi mazkur o'yingohda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda), "Yunusobod" sport majmuasi, "Alpomish" muz saroyi, Milliy Gimnastika saroyi, Farg'onaning "SAMO" sport majmuasi, Samarqand Muz saroyi, Buxoro hamda Andijondagi arenalar. 

Bundan tashqari, jamoalar mashg'ulot o'tkazishlari uchun 10 ga yaqin majmua va sport zallari taqdim etildi.  

Bir necha kundan so'ng FIFA vakillari Jahon chempionati oldidan O'zbekistonda futbol infratuzilmasini o'rganish, tahlil qilish va xulosalarni berish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishadi. Mahalliy tashkiliy qo'mita hamrohligida musobaqaga mezbonlik qilishi kutilayotgan shaharlar bilan tanishadilar. FIFA tomonidan majmualar, mashg'ulot zallari, mehmonxonalar, aeroport, vokzal va yo'llar talabga javob berishi o'rganiladi hamda yakuniy xulosa taqdim etiladi", – deyiladi O'FA xabarida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика