FIFA talabiga ko'ra G'uzorning “SHo'rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi
30 apr 2018 13:46
Yangiliklar
FIFA talabiga ko'ra G'uzorning “SHo'rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi
Pro-Liganing "A" guruhi 4-turidan keyin 8 ochko bilan 4-o'rinni egallab turgan G'uzorning “SHo'rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi. Qaror O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.
“SHo'rtan” hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o'rtasidagi mojaro hali yakuniga etmagan. FIFA Intizom qo'mitasi G'uzor klubiga dastlabki sankciyalarni qo'llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015 yilning 9 oktyabr kuni yuborgan. SHunga qaramay, “SHo'rtan” mazkur masala echimini topmagan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi “SHo'rtan”ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning Pro-Ligadagi ochkosi 8 emas, 5ta ekanini malum qiladi. Agar klub Vuyovich bilan bog'liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar