FIFA sobiq referisi Mourinyu tufayli faoliyatini yakunlashga qaror qilganini aytdi
22 sen 2021 19:43
Yangiliklar
FIFA sobiq referisi Mourinyu tufayli faoliyatini yakunlashga qaror qilganini aytdi
FIFAning angliyalik sobiq referisi Mark Klattenburg avtobiografik asarida nima sababdan hakamlik faoliyatini yakunlashga qaror qilganini aytib berdi.
Klattenburgning so'zlariga ko'ra, bu qaror 2017 yilda "Stok Siti"ga qarshi o'yindan so'ng "Manchester Yunayted"ning portugaliyalik ustozi Joze Mourinyuning uning qaroriga bo'lgan g'azablanarli reakciyasidan keyin yuz bergan.
Murabbiy Klattenburgni "Stok Siti" darvozasi tomon penalti belgilamaganini tanqid qilgan.
"Endilikda bunday telbalar bilan ishlay olmayman", — deydi hakam o'z avtobiografik asarida.
Fikrlar