
"A" guruhidagi ikkinchi o'rin egasi O'zbekiston Seulda o'zining azaliy raqibi Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Mezbonlar JCH saralashlarida O'zbekistonga qarshi o'tkazgan 6 ta uchrashuvning hech birida mag'lubiyatga uchramagan (4 ta g'alaba, 2 ta durang). Taeguk jangchilari (Janubiy Koreya) so'nggi marotaba Braziliyada bo'lib o'tgan JCH-2014 saralash bosqichining muhim bahsida o'zbeklarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Hozir hammasi boshqacha. Raqibidan 2 ochko ko'p jamg'argan Samvel Babayan shogirdlari noxush ananaga barham berishga urinib ko'radi. Ular Janubiy Koreya chempionatida to'p tepgan Server Jeparov tajribasiga ishonishadi" - deyiladi FIFA saytida.