So’nggi yangiliklar

09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  0 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8

FIFA reytingi. O'zbekiston Iroqni ortda qoldirib, Osiyoning oltinchi jamoasiga aylandi Yangiliklar

FIFA reytingi. O'zbekiston Iroqni ortda qoldirib, Osiyoning oltinchi jamoasiga aylandi

Reyting aprel oyining boshida yangilanadi.

O'zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qirg'iz Respublikasini o'z maydonida 1:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur g'alaba Timur Kapadze shogirdlariga turnir jadvalida 3 ochko bilan bir qatorda FIFA reytingida 7 ochko olib keldi. Buning natijasida "oq bo'rilar" Iroqni ortda qoldirdi va bir pog'ona yuqorilab, 57-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Iroq esa o'zidan pastroqda joylashgan Kuvayt bilan durang o'ynashi oqibatida FIFA reytingida salkam 7 ochkoni boy berdi va ikki pog'ona pastlab, 58-o'ringa tushib ketdi.

Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi OFKning eng kuchli oltinchi jamoasiga aylandi.

Markaziy Osiyo mamlakati navbatdagi uchrashuvni 25 mart kuni Eronga qarshi o'tkazadi. Mazkur bellashuvdagi muvaffaqiyat jamoaga yana 17 ochko taqdim etishi mumkin. Mag'lubiyat esa yana Iroqni o'tkazib yuborishga sabab bo'lishi mumkin. "Mesopotamiya sherlari" esa Falastin maydonida g'alaba qozonish orqali o'z o'rniga qaytishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, FIFA reytingi rasman aprel oyining boshlarida yangilanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика