FIFA reytingi: O'zbekiston ayollar terma jamoasi rekord darajada yuqoriladi
05 apr 2015 18:11
Yangiliklar

FIFA reytingi: O'zbekiston ayollar terma jamoasi rekord darajada yuqoriladi
Xalqaro futbol uyushmalari federaciyasi – FIFA ayollar terma jamoalarining avvalgi oy yakunlariga ko'ra reytingini elon qildi.
Ahamiyatlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi avvalgi oy reytingiga ko'ra dunyo terma jamoalari orasida rekord darajada - 89 pog'ona yuqoriladi. Bungacha dunyo reytingida 133-o'rinni egallab turgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi endilikda jahon reytingida 44-pog'onada bormoqda.
Qayd etish joiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi avvalgi oydagi natijalarga ko'ra FIFA reytingidagi barcha terma jamoalar orasida eng yuqoriga ko'tarilishga erishgan jamoa bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi mart oyida Olimpiada-2016 saralash 1-bosqich bahslarida ishtirok etdi. Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tgan saralash bahslarida O'zbekiston ayollar terma jamoasi Gonkong hamda Falastin ayollar terma jamoasini mag'lub etgan va so'nggi turda mezbon - Iordaniya terma jamoasiga mag'lub bo'lgan edi.
Ayollar o'rtasida terma jamoalar reytingini Germaniya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikdan esa AQSH hamda Franciya ayollar terma jamoalari o'rin egallashgan. Jahon reytingining to'liq ko'rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Fikrlar