FIFA Niderlandiya va Argentina termalariga qarshi ish ochdi
10 dek 2022 19:57
Yangiliklar


FIFA Niderlandiya va Argentina termalariga qarshi ish ochdi
FIFA tartib-intizom qo'mitasi Niderlandiya va Argentina termalariga qarshi ish ochdi.
Kecha Argentina termasi JCH 1/4 finalida Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
Ushbu uchrashuv davomida argentinaliklar futbolchilari Emiliano Martines hamda Leo Messi bosh hakam Antonio Mateo Laos manziliga bo'lgan xatti-harakatlari uchun javob berishi kerak bo'ladi. O'z navbatida Niderlandiya termasi ham uchrashuv xavfsizligini buzgani uchun jazolanishi kutilmoqda.
Ikki tomon ham FIFA Kodeksining 12-moddasini (futbolchilarning sportga xos bo'lmagan harakatlari va rasmiy shaxslarga hurmatsizlik) buzganlikda ayblanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar