Saudiya Arabistoni elchisi JCH-2034da spirtli ichimliklarga ruxsat berilmasligini aytdi
13 fev 12:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814588_original.jpg)
![](/upload/storage/814588_220.jpg)
Saudiya Arabistoni elchisi JCH-2034da spirtli ichimliklarga ruxsat berilmasligini aytdi
Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi Holid bin Bandar Al Saud 2034 yilgi Jahon chempionatida alkogol mahsulotlari taqiqda bo'lishini malum qildi.
"Hozirda biz spirtli ichimliklarni istemol qilishga ruxsat bermaymiz. Spirtli ichimliklarsiz ham hordiq chiqarsa bo'ladi, bu 100% kerali narsa emas. Mamlakatimizdan ketganingizdan keyin ichmoqchi bo'lsangiz, marxamat, lekin hozir bizda spirtli ichimlik yo'q.
Har kim o'z madaniyatiga ega. Biz o'z madaniyatimiz doirasidagi odamlarni qabul qilishdan xursandmiz, lekin kim uchundir madaniyatimizni o'zgartirmoqchi emasmiz. Ichmasdan yashay olmaysizlarmi?", – dedi elchi.
Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 vaqtida malum hudud va restoranlarda spirtli ichimliklar ichishga ruxsat berilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar