FIFA Montolivoning jarohati uchun “Milan”ga tovon puli to'laydi
10 iyu 2014 16:08
Yangiliklar
FIFA Montolivoning jarohati uchun “Milan”ga tovon puli to'laydi
FIFA Italiya va Irlandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan “Milan” sardori Rikardo Montolivoning maoshini to'lashni o'z bo'yniga oldi.
Italiya matbuoti bu haqida elon qildi. Jarohat tufayli futbolchi nafaqat mundialni, balki A seriyaning bir qismini ham o'tkazib yuboradi. Amaldagi qonunlarga binoan FIFA futbolchining shartnomada belgilangan harajatlarini bo'yniga oladi.
Fikrlar