So’nggi yangiliklar

13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  2 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  0 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  3 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  13 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  0 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  2 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  9 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  8 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  6 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  5 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  21 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  25 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  2 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  59

FIFA kunlaridan kim qanday foydalanadi? Yangiliklar

FIFA kunlaridan kim qanday foydalanadi?

Bugundan mart oyi uchun belgilangan FIFA kunlari boshlandi desa bo'ladi.

FIFA kunlaridan terma jamoalarimiz ham unumli foydalanishni maqsad qilgan. Quyida kim qaerda mashg'uot olib borishi (o'yinlarda maydonga tushishi) haqida malumot berib o'tamiz. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi. Bosh murabbiy - Srechko Katanec

Osiyo Kubogi saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan milliy terma jamoa Namangan shahrida tashkil etiladigan "Navro'z Kubogi" musobaqasida ishtirok etadi. Bosh jamoamiz dastlab 25 mart kuni Qirg'izistonga qarshi bahs olib boradi. 29 mart kuni bo'lib o'tadigan ikkinchi o'yinni Uganda yoki Tojikistonga qarshi o'tkazamiz. 

Navro'z Kubogi-2022

25 mart. 1/2 final

16:00. Uganda - Tojikiston

20:00. O'zbekiston - Qirg'iziston

3-o'rin uchun bahs. 29 mart. 16:00

FINAL. 29 mart. 20:00


O'zbekiston U-23 terma jamoasi. Bosh murabbiy - Timur Kapadze

SHu yilning 1-20 iyun oralig'ida O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Olimpiya terma jamoamiz "Dubay Kubogi"da ishtirok etib qaytadi.

Futbolchilarimiz 23 mart kuni Saudiya Arabistoni, 26 martda BAA olimpiya termalariga qarshi bahs olib boradi. 29 mart kuni o'tkazaladigan bahs raqibi keyinroq malum bo'ladi.


O'zbekiston U-20 terma jamoasi. Bosh murabbiy - Ravshan Haydarov

U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig'in tashkil etadi. Avvaldan kelishilganidek, U-20 jamoamiz 25 va 27 mart kunlari BAA yoshlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish lozim edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra, amirlik futbolchilari Toshkentga kelmaydigan bo'ldi. SHu bois katta ehtimol bilan o'zimizning jamoalarga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. 


O'zbekiston U-18 terma jamoasi. Bosh murabbiy - Rauf Inileev

Mart oyida U-18 jamoamizning yig'in o'tkazishi ko'zda tutilmagan. 


O'zbekiston futzal terma jamoasi. Bosh murabbiy - Bahodir Ahmedov

Aprel oyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi 31 martgacha Toshkentda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi belgilangan va har ikkala bellashuv Qirg'iziston futzal termasiga qarshi kechadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика