So’nggi yangiliklar

18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  3 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1

FIFA Germaniya futbol associaciyasini jarimaga tortadi Yangiliklar

FIFA Germaniya futbol associaciyasini jarimaga tortadi

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) Germaniya futbol associaciyasiga (DFB) germaniyalik futbolchilar JCH-2022 vaqtida majburiy matbuot anjumanlaridan birida qatnashmagani uchun intizomiy ish ochdi.

Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda. Agentlik manbalariga ko'ra, DFB jarima ko'rinishidagi sankciyalarni kutmoqda.

FIFA reglamentiga ko'ra, jamoalarning futbolchilari va bosh murabbiylari har bir Jahon chempionati o'yinlari oldidan OAV vakillari bilan muloqotda bo'lishadi. Germaniya esa bunga bo'ysunmadi.

FIFA Germaniya futbol ittifoqini bir nafar futbolchi Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashmagani uchun 10 ming evro jarimaga tortdi. Gap shundaki, matbuot markaziga boradigan yo'l vaqti 3 soatni tashkil qilardi. Konferenciya esa ortga surilmadi. Germaniya terma jamoasini guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Ispaniya bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida faqat bosh murabbiy Xans-Diter Flik ishtirok etdi. U bunday muhim o'yin oldidan futbolchilarga matbuot yukini yuklamoqchi emasligini aytdi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchinchi tur oldidan Germaniya terma jamoasi ikki uchrashuvda 1 ochko jamg'argan holda "E" guruhida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Guruhda 4 ochko bilan Ispaniya peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya va Kosta-Rika terma jamoalarida esa 3 ochkodan bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика