FIFA vaqtincha futbolchilarga mavsum davomida uchta klubda o'ynash imkonini taqdim etdi
11 iyu 2020 21:30
Yangiliklar


FIFA vaqtincha futbolchilarga mavsum davomida uchta klubda o'ynash imkonini taqdim etdi
FIFA koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilarning transfer qoidalariga vaqtincha o'zgarish kiritilishini elon qildi.
Tashkilot xabariga ko'ra, futbolchilarga 2019/20 yilgi mavsumda uchta klub safida o'ynashga ruxsat beriladi.
SHu tariqa FIFA yozda klubsiz qolish ehtimoli bo'lgan o'yinchilarni himoya qilishni ko'zlamoqda. Odatda shartnoma may yo iyun oxirigacha tuziladi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bir nechta musobaqalarda mavsum restarti yozga ko'chirildi va bir qator futbolchilar bilan kelishuv muddati tugagandan keyin ham ular davom etishi mumkin.
FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchi mavsum davomida rasmiy tarzda ikkita klubda o'ynay oladi. Istisno holatlar ham bo'ladi, ammo bu odatda individual tarzda ko'rib chiqiladi.
O’xshash yangiliklar
14:35
"Venger qonuni", sekundomer, murabbiylik chellenji - FIFA va IFAB yangi qoidalarni joriy etdi 12

Fikrlar