So’nggi yangiliklar

22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  4 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  7 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  17 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  5 17:23Кантона Ямалга тан берди  4

FIFA "FIFA"ga qarshi! Yangiliklar

FIFA "FIFA"ga qarshi!

O'yin va federaciya 300 mlnlik shartnoma, AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati va NFT sabab janjallashmoqda.

Bu o'yin va federaciyaga qanday xavf solmoqda? Fifa endi biz bilgan fifa bo'lmaydi shekilli...



Video-o'yinlarning ommalashuvi va raqobatchilarning kuchsizligi – Electronic Arts mahsuloti bo'lmish FIFAning sport simulyatorlari ichida muvaffaqiyatga erishishining asosiy kaliti hisoblanadi. 1993 yildan o'yin Xalqaro futbol federaciyasi singari nomlanadi va shu sabab ko'pchilik uni rasmiy simulyator deb adashtiradi.

So'nggi 10 yil ichida FIFA tarixdagi eng katta biznes sifatida o'sishga erishdi. Ishlab chiqaruvchilar Ultimate team rejimi va loot box ("sovg'a qutisi")ni joriy qilish orqali misli ko'rilmagan pullarga yo'l ochishdi. Agar 2015 yili Ultimate team rejimi ortidan 587 mln dollar foyda kelgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu summa 1,49 mlrd dollarga etdi. Malum mablag' evaziga sotib olishingiz mumkin bo'lgan "pak"lar EAning umumiy daromadining 28%ini tashkil qiladi.

Biroq 2022 yilda bir qator o'zgarishlar bo'ladi. FIFA va EA Sports o'rtasidagi licenziya shartnomasi yakuniga etadi. Tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish o'rniga, bir-birlariga qarshi urush elon qildilar. Endi esa buning natijasida o'yin nomi o'zgarishi mumkin.


Nega FIFA va EA odatdagidek bitim muddatini uzaytirmadi? Muammo nimada?

Odatda, yangi shartnoma ortiqcha gap-so'zlarsiz imzolangan. EA — eski va qadrli hamkor (federaciya bilan (EAdan ko'proq) faqat adidas ishlagan — 60-yillardan beri). Qaysidir paytgacha FIFAni barcha ish qoniqtirardi. 90-yillardan 2000 yilgacha bo'lgan vaqtda o'yin katta foyda keltirmagan, lekin futbol juda ommalashib ketishiga sabab bo'lgan.

Ammo hozir EA Sports — kichik va foydali kompaniya emas, balki moliyaviy jihatdan "baquvvat" bo'lgan sherikdir

"Umuman olganda, FIFA va EA shartnomasi — oddiy licenziya emas, — tushuntiradi Sports.ru saytiga FIFAning chakana savdo va licenziyalash bo'yicha sobiq menejeri Ilya Sluckin. — Buni brand licensing (brendni licenziyalash) deb atashadi. Farqi shundaki, licenziyalashda siz boshqa brenddan foydalanish huquqini sotib olasiz va o'zingiznikidan foydalanmaysiz. Masalan, choyshab ishlab chiqaruvchi tashkilot "Spartak" licenziyasini sotib olishi mumkin va muqovada katta ehtimol bilan "Spartak" bilan birga o'z brendini yonma-yon qo'ymaydi. FIFA va EA Sports vaziyatida istisno holat bor. EA o'zining brendidan foydalanishi mumkin. Aytgancha, FIFAning shunga o'xshash bir nechta sheriklari bor: EA Sports, Panini, Louis Vuitton, Taittinger shampan vinosi va boshqalar. FIFAning Rossiyada mahalliy sheriklari ham bor: Markaziy bank va Jahon chempionati uchun tanga va markalar chiqargan "Rossiya Pochtasi". Hajmi va soni jihatdan bunday shartnoma licenziondan chetga chiqib, ko'proq hamkorlik shartnomasiga yaqinroq bo'ladi. CHunki brendni qadoqda ishlatish va tijoratni rivojlantirish mumkin.

2020 yil licenziyalash FIFAning asosiy daromad manbaiga aylandi. Turnirlarning bekor qilingani sabab butun tashkilot yiliga bor yo'g'i 266,5 mln dollar topdi (2019 yil — 765,7 mln dollar). 266,5 dan 150 EA Sports bitimi ortidan keldi. SHuning uchun, FIFA EA bilan yangi shartnomadan daromad miqdorining oshishiga katta umid bilan qaragandi. "New York Times" nashri malumotiga ko'ra, federaciya daromadini yiliga 150 mln dollardan yiliga 300 mln dollargacha oshirishni rejalashtirgan. Summa juda kattaga o'xshaydi, lekin bundan ham qiziqrog'i, EA Sports FIFAga bunday pullarni nima uchun to'laganidadir...



Yiliga 150 mln evaziga (FIFAning yangi taklifi bo'yicha 300) EA Sports:

• FIFA nomidan foydalanishi mumkin;

• futbol bo'yicha Jahon chempionatining barcha obektlaridan foydalanish uchun eksklyuziv huquqqa ega bo'ladi.

EA boshqa hamma narsa uchun licenziyani qolgan 300ta sherikdan sotib oladi. Ligalar va terma jamoalardan foydalanish huquqi (milliy federaciyalar, stadionlar va klublarning emblemasi) klublar yoki ligalar, CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi huquqlari UEFA tomonidan, futbolchilarning yuzi esa FIFPro tomonidan amalga oshiriladi. 

SHunday ekan, FIFA bilan shartnoma imzolamaslik — juda katta yo'qotish emas. EA Sports faqatgina futbol simulyatori nomini o'zgartirishi va futbol bo'yicha Jahon chempionati nomini olib tashlasa bo'ldi, faqat Qatar-2022dan so'ng. 

EAdagilar bunga tayyorgarlikni boshlab yuborgan — yangi tovar belgisi uchun Buyuk Britaniyada ariza topshirdi. Endi FIFA yangi nom bilan ataladi: EA Sports FC. SHunday ekan, "fifa o'ynash" iborasi bir yildan so'ng dolzarbligini yo'qotadi. Bu haqda EA Sports bosh menejeri Kem Ueber ogohlantirdi:

"Kelajakka nazar tashlab, EA Sports global futbol o'yinlari nomini almashtirish fikrini o'rganmoqdamiz, — dedi Ueber 7 oktyabr kuni. — Kelishuvlar, shartnoma muddatlari va shartlarini qayta ko'rib chiqyapmiz. Turli nomlar va tovar belgisini qo'llashda xatoga yo'l qo'ymaslik muhim".

Aftidan, EA Sports vakillari FIFA bilan aloqalari uzilishi hamda nomi o'zgarishidan umuman qo'rqishmayapti (yoki o'zlarini shunday ko'rsatishyapti). Aslida bunday ommaviy tadbirlar narxni tushirish maqsadida ham qilinadi. Buni "NY Times"ga bergan intervyusida Piter Mur ham tasdiqladi. U 10 yildan ziyodroq vaqt davomida Electronic Arts boshqaruvi lavozimlarida ishlagan:

"Ular biror marta licenziya muddatini uzaytirish borasida muzokara olib borilayotgani haqida gapirganlarini eslolmayman, — deydi Mur. — Bu signaldir".

Ehtimol, EA shu yo'l bilan FIFAni omma fikrini tinglashga majbur qilib, narxni tushirmoqchi va sherikchilik aloqalarini davom ettirmoqchidir...


FIFA narxi tushib ketishidan qattiq qo'rqadi: AQSH, Meksika va Kanadada bo'ladigan JCH futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo'lishi kutilmoqda

Ommaviy fikrdan tashqari, boshqa masalalar ham FIFA uchun bosh og'riq bo'lmoqda. Bir tomondan, 2020 yildagi moliyaviy yo'qotish va homiylar bilan bo'lgan qiyinchiliklar federaciya tezroq kelishishiga majbur qilmoqda.



"Hozir FIFA EA Sportsdan ko'ra, ko'proq tavakkal qilishiga to'g'ri kelmoqda, – tushuntiradi Sluckin. – Ehtimoliy korrupciya borasidagi ishdan keyin ("FIFA-geyt" 2015 yil) kompaniya homiylar bilan ishlari, munosabatlari unchalik yaxshi emas. Ko'plab hamkorlar kelishuvlarni bekor qilishdi. EAdan boshqa FIFAga pul berishi mumkin bo'lgan yagona variant – Xitoyning ehtimoliy kompaniyasi: misol uchun, Alibaba yoki Wanda Group. Ular bu ishga milliard dollar tikishlari mumkin. Biroq bunday o'yinga talab qanchalik bo'lishi nomalum. Sababi EAda o'n yillar davomida to'plangan mijozlar auditoriyasi bor".

Boshqa tomondan FIFA licenziyasi narxining bunday keskin ko'tarilib ketishi qo'rquv bilan bog'liq.



"FIFA hozirgi hamkorlardan iloji boricha ko'proq mablag' ishlab olmoqchi va qo'shimcha daromad manbaidan quruq qolishdan qo'rqadi, – davom etadi Sluckin – Qatardan keyin jahon chempionati – AQSH, Kanada va Meksikada bo'ladi. Moddiy tomondan bu tarixdagi eng muvaffaqiyatli musobaqalardan biri bo'lishi turgan gap. EA Sports bilan shartnoma imzolab, kamida to'rtta davrga FIFA o'zini bitta kompaniyaga bog'lab qo'yardi. Bu davr mobaynida butun boshli avlod almashinuvi sodir bo'ladi".

Aslida, kelishmovchilikning sababi nafaqat pulda, balki huquqlar hajmida ham. NY Times xabariga ko'ra, FIFA nafaqat ko'proq pul ishlab topmoqchi, balki EA Sports"ning eksklyuzivlik huquqlarini ham qisqartirmoqchi. EA esa nafaqat o'yin nomini va jahon chempionati huquqini qo'lga kiritishni, balki JCH uchrashuvlari haylaytlaridan foydalanish, FIFA va NFT (non-fungible token) ostida rasmiy musobaqalar tashkil qilishni istaydi.

Kuchlarning bunday taqsimlanishi futbol olami ikki giganti muzokaralarini qiyinlashtirib yubordi, ammo Sluckin FIFA yangi texnologiyalarga bunchalik tez ega chiqishiga ishonmaydi.

"Nazarimda, FIFA ish jarayonidagi har qanday yangiliklarga og'ir munosabatda bo'ladi, – davom etadi u. – Misol uchun, VAR bilan bog'liq vaziyatni yaxshi bilasiz. Tennisda 30 yildan buyon bu kabi texnologiyalardan foydalanishadi, FIFA esa oxirgacha uni rad qildi. Tashkilot bu kabi savollarda asta-sekin qaror chiqaradi. Hozir ular NFT bilan yoki boshqa texnologiyalar bozor tarixiga tezkor ravishda yorib kirishiga ishonish qiyin. 

Eksklyuziv huquq bilan bog'liq voqealar tarixiga nazar tashlasak, odatda unda "yashirin fishkalar" bo'ladiki, boshqa homiylar bilan shartnoma imzolash imkonini beradi. Eksklyuziv – juda katta miqdordagi summalar to'laydigan, birinchi darajali homiylarda bo'ladi: McDonald’s, Coca Cola. Nazarimizda, FIFA bu vaziyat uchun qandaydir rejasi bordek. Sport o'yinlari mavzusi fentezi-menejerlar, mobil o'yinlar bilan bevosita aloqador bo'ladi. FIFA eksklyuziv huquq yordamida EAni rivojlanish yo'lini to'sishga urinar. Hozirning o'zida Xitoyning qandaydir kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilayotgan bo'lsa ajab emas. Balki yaqin vaqtlar ichida Fortnite yoki PUBGga o'xshash, faqatgina futbol bilan bog'liq, biror o'yinni ko'rarmiz.

Agar shunday bo'lsa, bu FIFA uchun ideal kelishuv bo'lmaydi, chunki noldan yaratilgan o'yin qanchalik urinmasin, EA Sports simulyatorini ortda qoldira olmaydi. Sluckinning so'zlariga ko'ra, bu aloqaning uzilishi natijasida federaciya nafaqat daromad manbaini yo'qotadi, balki klassik futbolni 90 daqiqa ko'rmay qo'ygan, yoshlar o'rtasida ommalashuv vositasidan ham ayriladi. 

Agar muzokaralar chindan to'xtatilsa, 30 yillik o'yin seriyasi kamida oldingidek bo'lmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика