FIFA boshqa mamlakatdan qalbaki pasport olgan futbolchi yuzasidan tekshiruv boshladi
11 may 2022 19:39
Yangiliklar
FIFA boshqa mamlakatdan qalbaki pasport olgan futbolchi yuzasidan tekshiruv boshladi
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) CHili futbol associaciyasining Ekvador himoyachisi Bayron Kastilo kolumbiyalik ekanligi va qalbaki hujjatlar bilan o'ynagani haqidagi ayblovlari yuzasidan tekshiruv boshladi.
FIFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, CHili futbol associaciyasi FIFA tartib-intizom qo'mitasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, unda Kastiloga Ekvador fuqaroligini berish bo'yicha hujjatlarning soxtalashtirilgani bo'yicha bir qator ayblovlarni ilgari surgan.
CHililiklar Ekvador terma jamoasi himoyachisi ishtirok etgan JCH-2022 saralash bosqichidagi barcha sakkizta o'yinda texnik mag'lubiyat qayd etilishini talab qilmoqda.
Tergovning borishi haqida batafsil malumot yaqin vaqtlarda taqdim etiladi.
Ekvador terma jamoasi 26 ochko jamg'arib, turnirga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi jahon chempionati saralash turniri turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. CHili terma jamoasi esa 19 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Fikrlar