FIFA ayollar ishtirokidagi klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishni ko'rib chiqadi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 11:14
FIFA 2017 yildan boshlab ayollar ishtirokida klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishni ko'rib chiqadi.

Bu taklif FIFAning 10 fevralda bo'lib o'tgan ayollar futboli qo'mitasining majlisida olg'a surildi va taklif FIFA ijro qo'mitasining 19-20 martdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Erkaklar ishtirokidagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2000 yildan beri, xar yili dekabr oyida o'tkazilib keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com